WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Todas las noticias
06 juniojuniojunio 2026 14 visitas

O'zbekistonda sun'iy intellekt ta'limini rivojlantirish bo'yicha yirik loyiha yakunlandi

Bugun “Yangi O‘zbekiston” universitetida "Massachusetts Institute of Technology" (MIT) tomonidan ishlab chiqilgan “Day of AI” dasturi doirasida amalga oshirilgan “Day of AI Uzbekistan” loyihasining yakuniy tadbiri va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Loyiha doirasida respublikaning barcha hududlaridan 1 400 nafar informatika fani o‘qituvchisi sun’iy intellekt bo‘yicha mentor sifatida tayyorlandi. Kurs bitiruvchilari tomonidan “kaskad” usuli asosida 145 ta tumandagi 12 572 nafar pedagogga sun’iy intellekt bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar yetkazildi.
 

Tadbir davomida loyiha natijalari sarhisob qilinib, eng faol ishtirokchilar taqdirlandi. Shuningdek, dasturda yuqori natija ko‘rsatgan 50 nafar informatika fani o‘qituvchisi "The Hong Kong University of Science and Technology" (HKUST) universitetida malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishi ta’kidlandi.



“Day of AI Uzbekistan” tashabbusi mamlakatimiz ta’lim tizimida sun’iy intellekt bo'yicha bilim va ko'nikmalarni rivojlantirish, o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va yosh avlodni kelajak texnologiyalariga tayyorlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Más noticias