WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Todas las noticias
15 octubreoctubreoctubre 2024 13 visitas

“O‘zbekiston-2030” strategiyasi bo‘yicha xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Namangan muhandislik-texnologiya institutida “O‘zbekiston-2030” strategiyasini amalga oshirishda zamonaviy marketing va savdo kontseptsiyalaridan foydalanish” mavzusida keng ko‘lamli xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. Mazkur tadbir mamlakatimizning strategik maqsadlarini amalga oshirishda marketing va savdoning roli va ahamiyatini chuqur o‘rganish uchun platforma bo‘lib xizmat qildi. Unda yurtimizdan tashqari, turli mamlakatlardan kelgan yetakchi olimlar, mutaxassislar va biznes sohasidagi vakillar ishtirok etib, o‘z tajribalari bilan bo‘lishdilar.

Anjumanda zamonaviy marketing va savdo sohasidagi yutuqlar, innovatsion yondashuvlar va ularning “O‘zbekiston-2030” strategiyasini amalga oshirishdagi ahamiyati keng muhokama qilindi. Ishtirokchilar kelajak iqtisodiy rivojlanish uchun raqamli transformatsiyaning marketing va savdo jarayonlariga ta’sirini alohida ta’kidlashdi.

Ilmiy-amaliy anjuman davomida ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashdilar, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va yangi ilmiy izlanishlarni rivojlantirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi. Tadbir yakunida “O‘zbekiston-2030” strategiyasini yanada muvaffaqiyatli amalga oshirishga qaratilgan innovatsion taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Más noticias