WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Todas las noticias
26 juniojuniojunio 2026 18 visitas

O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayn fakultetida Fakultet Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Toshkent davlat agrar universiteti O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayn fakulteti Ilmiy Kengashining 11-sonli Fakultet Kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda universitetning Moliya-iqtisodiyot ishlari bo‘yicha prorektori Dilshod Mamadiyarov ishtirok etib, fakultet tarkibidagi kafedralar faoliyati hamda 2025–2026-o‘quv yili yakunlari bo‘yicha kafedra mudirlarining hisobotlarini tingladi.

Kengash davomida kafedralarda 2025/2026-o‘quv yilida professor-o‘qituvchilarning o‘quv yuklamalari va auditoriya soatlarining bajarilish holati, KPI baholash natijalari, Scopus va Web of Science xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalarida chop ettirilgan ilmiy maqolalari, xo‘jalik shartnomalari, grant loyihalari va ularning bajarilishi muhokama qilindi.

Shuningdek, fakultet о‘quv-uslubiy, ilmiy-uslubiy, ta’lim sifati komissiyalari, xotin-qizlar, kasaba uyushmasi qo‘mitalari va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘yicha ma’sullar faoliyati hisobotlari, 2026–2027-o‘quv yili uchun qabul ko‘rsatkichlarini ta’minlash, abituriyentlarni ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarga keng jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan va rejalashtirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar ko‘rib chiqildi. 

 Yig‘ilish yakunida fakultetda korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish, ochiqlik, oshkoralik va shaffoflik tamoyillarini yanada mustahkamlash, ta’lim va ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi hamda mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Más noticias