WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Todas las noticias
14 mayomayomayo 2026 9 visitas

Niderlandiya elchisi Qoraqalpoq davlat universitetida talaba-yoshlar bilan uchrashdi

Bugun, 14-may kuni Niderlandiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi elchisi N.Shermers Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida bo‘ldi. Dastlab mehmonlarga universitet rektori B.Jollibekov tomonidan universitet faoliyati, ilmiy salohiyati va talaba-yoshlar tomonidan erishilayotgan yutuqlar aks ettirilgan ko‘rgazmalar namoyish etildi.

Bugun, 14-may kuni Niderlandiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi elchisi N.Shermers Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida bo‘ldi. Dastlab mehmonlarga universitet rektori B.Jollibekov tomonidan universitet faoliyati, ilmiy salohiyati va talaba-yoshlar tomonidan erishilayotgan yutuqlar aks ettirilgan ko‘rgazmalar namoyish etildi. Mehmonlar universitetda yaratilgan zamonaviy sharoitlar, ilmiy loyihalar va yoshlarning innovatsion ishlari bilan yaqindan tanishdi. 
Shundan so‘ng universitetda talaba-yoshlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvni universitet rektori B.Jollibekov olib borib, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan aloqalarni kengaytirish va yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi. Tadbir davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari, ta’lim va madaniy almashinuv masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Tashrif doirasida elchi tomonidan universitet talabalari uchun O‘zbekiston va Niderlandiya o‘rtasidagi munosabatlarga bag‘ishlangan ma’ruza ham o‘tkazildi. Ma’ruzada ikki mamlakatning diplomatik aloqalari, ta’lim tizimidagi hamkorlik istiqbollari, ekologiya, qishloq xo‘jaligi va innovatsiyalar sohasidagi tajribalari haqida so‘z bordi. Talaba-yoshlar esa o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, xalqaro hamkorlik va xorijiy ta’lim imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldi.

Más noticias