WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Todas las noticias
30 octubreoctubreoctubre 2024 11 visitas

NamMTI rektori va talabalar uchrashuvi: Ilmiy taraqqiyot va kelajak rejalari muhokamada.

Bugun Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori Odiljon Mamatkarimov institutning Kimyo-texnologiya hamda Avtomatika va energetika fakultetlari talabalari bilan ochiq va samimiy muloqot qildi.

Uchrashuv davomida talabalarning o‘qish jarayoni, o‘quv dasturlari, laboratoriya mashg‘ulotlari va ta’lim sifatini yaxshilash yuzasidan ko‘plab savollari tinglandi. Shuningdek, rektor talabalarga ta’lim sohasidagi yangi imkoniyatlar, zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish, va kelgusidagi yutuqlarga erishish yo‘llari haqida fikr bildirdi. 

Odiljon Mamatkarimov yoshlarning bilim olishdagi qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlab, ularni ijodiy va ilmiy izlanishlarga undadi. Uchrashuvda, shuningdek, talabalar va institut rahbariyati o‘rtasidagi ochiq muloqotni davom ettirish, ular uchun qo‘shimcha ilmiy dasturlar va amaliy treninglarni tashkil etish rejalari ham muhokama qilindi.

Yoshlar o‘z fikrlarini bildirish va rektor bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbat qilish imkoniyatidan mamnun ekanliklarini bildirdilar. Samimiy va ilhomlantiruvchi bu uchrashuv talabalarga yangi maqsadlar sari dadil intilishlariga kuch berdi.

©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Más noticias