WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Todas las noticias
01 noviembrenoviembrenoviembre 2024 15 visitas

Namangan muhandislik-texnologiya instituti professor-o‘qituvchilarining Hindistondagi yutuqlari!

Institutimizning bir guruh professor-o‘qituvchilari Hindistonning Haydarobod shahrida joylashgan "English and Foreign Languages" universitetida "ITEC" dasturi doirasida o‘tkazilgan "Proficiency-Cum-Professional Development Course for Teachers in English" kursini muvaffaqiyatli tamomladilar. Ushbu kurs davomida ular ingliz tilini o‘qitish sohasidagi yangi usullar va innovatsion pedagogik yondashuvlarni o‘zlashtirishdi va maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

Ushbu kurs professor-o‘qituvchilarimiz uchun nafaqat bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, balki xalqaro tajriba orttirishga ham imkon yaratdi. Bu esa, albatta, institutimizda ta'lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida muhim qadamdir.

Professor-o‘qituvchilarimizni yutuqlari bilan samimiy qutlaymiz va ularning o‘rganib kelgan bilim va tajribalarini talabalarimizga ulashishlariga ishonamiz!

©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Más noticias