WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Todas las noticias
15 octubreoctubreoctubre 2024 15 visitas

Kimyo-texnologiya fakulteti talabalari o‘rtasida ijodiy insholar tanlovi.

Kimyo-texnologiya fakultetida “Korrupsiyani birgalikda yengamiz” va “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzularida ijodiy insholar tanlovi o‘tkazildi. Ushbu tanlov talabalarning korrupsiyaga qarshi kurashdagi fikr va g‘oyalarini ifoda etish, ularni o‘z fikrlarini ochiq bayon qilishga rag‘batlantirish maqsadida tashkil etildi.

Tanlovning ochilish qismida so‘z olganlar, ushbu mavzularning ahamiyatini va jamoatchilikda korrupsiyaga qarshi ongli munosabatni shakllantirish zarurligini ta’kidladilar. Muloqot jarayonida talabalar o‘z ijodiy g‘oyalarini bildirib, birgalikda kurashish orqali o‘zgarishlarni amalga oshirish mumkinligini ta’kidlashdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashda yoshlarning roli juda muhim. Tanlovda ishtirok etgan barcha talabalar, bu masalalarga e’tibor qaratib, kelajak avlodni tarbiyalashda o‘z hissalarini qo‘shishga intilayotgani bilan alohida ta’kidlandi. Barchamiz birgalikda harakat qilib, korrupsiyani yengishimiz mumkin!

©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Más noticias