WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Todas las noticias
02 noviembrenoviembrenoviembre 2024 4 visitas

Ilmiy hamkorlikda yangi sahifa: NamMTI professori Sherzod Qorabayev Belarusda tajriba almashmoqda.

Namangan muhandislik-texnologiya instituti professori Sherzod Qorabayev hozirda Belarus Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Vitebsk davlat texnologiya universitetida xalqaro stajirovkada ishtirok etmoqda. Ushbu stajirovka ilmiy-tadqiqot va ta’lim jarayonlarida ilg‘or yondashuvlar va innovatsion texnologiyalarni o‘rganish imkonini beruvchi yuqori nufuzli dasturdir.

Professor Sh.Qorabayev stajirovka davomida ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish borasidagi tajriba va bilimlarni chuqur o‘rganmoqda hamda o’rgatmoqda. Shuningdek, ilmiy-texnologik loyihalarni boshqarish, tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish hamda raqamli texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq qilish kabi sohalarda zamonaviy bilimlarga ega bo‘lishni rejalashtirmoqda. 

Mazkur stajirovka nafaqat professorimizning shaxsiy ilmiy salohiyatini oshirish, balki Namangan muhandislik-texnologiya institutining xalqaro miqyosdagi obro‘sini yanada mustahkamlash uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Vitebsk davlat texnologiya universiteti bilan mustahkamlangan aloqalar institutimiz uchun nafaqat yangi ilmiy loyihalarga yo‘l ochadi, balki yosh olimlar va talabalarimiz uchun ham xalqaro tajriba almashinuvi imkoniyatlarini kengaytiradi. 

Bu kabi tashabbuslar institutning xalqaro ilmiy maydondagi obro‘sini oshirishga xizmat qilmoqda, hamda NamMTI xalqaro hamjamiyatda kun sayin o‘zining yetakchi oliy ta’lim muassasasi sifatida tanilishiga turtki bo‘lmoqda.

©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Más noticias