WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Todas las noticias
23 juniojuniojunio 2026 8 visitas

🇨🇳 HPU SUMMER SCHOOL – ILM, INNOVATSIYA VA MADANIYAT UYG‘UNLIGIDAGI YANA BIR UNUTILMAS KUN

Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va talabalarning global kompetensiyalarini shakllantirish yo‘lida muhim qadam bo‘layotgan Henan Polytechnic University (HPU) Summer School – 2026 dasturi doirasida Olmaliq davlat texnika instituti talabalari uchun navbatdagi mazmunli va taassurotlarga boy kun tashkil etildi.

🔻 Dastur avvalida talabalar HPUning Xavfsizlik ilm-fan va muhandislik maktabi hamda Energetika ilm-fan va muhandislik maktabi professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazilgan ma’ruzalarda ishtirok etib, zamonaviy muhandislik, sanoat xavfsizligi va energetika sohalaridagi ilg‘or yondashuvlar hamda innovatsion yechimlar bilan yaqindan tanishdilar.

🔺 Shuningdek, ishtirokchilar universitetning zamonaviy ilmiy infratuzilmasi bo‘ylab ekskursiyada qatnashib, 11 qavatli ilmiy laboratoriya majmuasi hamda ko‘mir koni jarayonlarini simulyatsiya qilish laboratoriyasi faoliyatini o‘rgandilar. Bu yerda ishlab chiqarish jarayonlarini raqamli modellashtirish, xavfsizlik tizimlarini takomillashtirish va ilg‘or texnologiyalarni amaliyotga joriy etishga qaratilgan ilmiy ishlanmalar namoyish etildi.

😎 Kun davomida talabalar nafaqat ilm-fan va texnologiyalar olamiga, balki Xitoyning boy madaniy merosiga ham chuqurroq nazar tashlash imkoniga ega bo‘ldilar. Tai Chi (Kung-fu) maktabida tashkil etilgan amaliy mashg‘ulotlar davomida ular ko‘p asrlik jang san’ati falsafasi, jismoniy chiniqish va ma’naviy kamolot an’analari bilan yaqindan tanishdilar.

✔️ HPU Summer School – bu shunchaki ta’lim dasturi emas. Bu kelajak muhandislarini xalqaro ilmiy muhitga olib kiruvchi, dunyoqarashni kengaytiruvchi va yangi imkoniyatlar sari yo‘l ochuvchi noyob tajriba maydonidir.

🌍 Olmaliq davlat texnika instituti talabalari global ta’lim makonida o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etishda davom etmoqda.
 

Más noticias