22 abrilabrilabril 2026
7 visitas
G‘alabaga eltuvchi yo‘l — harakatdan boshlanadi!
🔵 2026-yil 21-aprel kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida bo‘lib o‘tgan “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining Toshkent viloyati hududiy bosqichi ODTI talabalari uchun unutilmas natijalar bilan yakunlandi!
🥉 Faxr bilan e’lon qilamiz:
— ODTI qizlar jamoasi basketbol yo‘nalishida 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi!
— Energetika va mashinasozlik fakulteti talabasi Abdullayev Dadanazar Ikromboy o‘g‘li 3000 metrga yugurishda 3-o‘rin!
— Konchilik fakulteti talabasi Ochilov Ozodbek Johongir o‘g‘li 1500 metr masofaga yugurish bo‘yicha 3-o‘rin sohibi!
⭐️ Oldinda yana ko‘plab marralar, yana ko‘plab g‘alabalar bor!
ODTI talabalari esa har doim ularga tayyor!