WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Todas las noticias
31 eneroeneroenero 2026 10 visitas

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida akademik almashinuv doirasida dars va seminarlar o‘tkazildi

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti va Sh.Esenov nomidagi Kaspiy texnologiyalar va injiniring universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi asosida 2025-2026-o‘quv yilida professor-o‘qituvchilar almashinuvi amalga oshirilmoqda.

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti va Sh.Esenov nomidagi Kaspiy texnologiyalar va injiniring universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi asosida 2025-2026-o‘quv yilida professor-o‘qituvchilar almashinuvi amalga oshirilmoqda. Shu asosda 26-31-yanvar kunlari "Pedagogika va psixologiya" kafedrasida Sh.Esenov nomidagi Kaspiy texnologiyalar va injiniring universitetining professorlari Saparbay qizi Cho‘lpon va Egenisova Almajaylar ishtirokida darslar va pedagogik seminarlar tashkil etildi. Psixologiya yo‘nalishi talabalariga psixologiya va pedagogika fanlari bo‘yicha ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar va tajribaga asoslangan metodik mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Shuningdek, kafedra o‘qituvchilari bilan seminar tashkil etilib, pedagogik innovatsiyalar, fanni o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar va ilmiy tadqiqot metodlari bo‘yicha tajriba almashildi. Akademik almashinuv ta’lim sifati va ilmiy-metodik faoliyatni rivojlantirishga, hamkorlik yo‘nalishini kengaytirishga hamda ikki universitet o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi. "Pedagogika va psixologiya" kafedrasi kelgusida ham qo‘shma loyihalar, seminarlar va ilmiy tadbirlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Más noticias