WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Todas las noticias
28 mayomayomayo 2026 14 visitas

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti vakillari Rossiyada o‘tkazilayotgan xalqaro neft-gaz forumida ishtirok etmoqda

Ayni paytda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti professor-o‘qituvchilari Rossiya Federatsiyasining Ufa shahrida o‘tkazilayotgan "Gaz. Neft Texnologiyalar - 2026" xalqaro ko‘rgazmasi va Rossiya neft-gaz kimyosi forumida ishtirok etmoqda.

Ayni paytda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti professor-o‘qituvchilari Rossiya Federatsiyasining Ufa shahrida o‘tkazilayotgan "Gaz. Neft Texnologiyalar - 2026" xalqaro ko‘rgazmasi va Rossiya neft-gaz kimyosi forumida ishtirok etmoqda. Ushbu xalqaro tadbirda universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori I.Turdimambetov, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor vazifasini bajaruvchi K.Xamidov, O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i D.Jumamuratov, Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti dekani Ya.Xudaybergenov va Geodeziya, kartografiya va tabiiy resurslar kafedrasi boshlig‘i A.Eshmuratovlar ishtirok etmoqda. Forum doirasida neft-gaz sanoati, kimyo texnologiyalari, innovatsion ishlanmalar va xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinmoqda. Universitet vakillarining ushbu xalqaro forumdagi ishtiroki ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash, shuningdek, xorijiy oliy ta’lim va ilmiy muassasalar bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirishga xizmat qiladi.

 

Más noticias