Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti va Moskva oliy maktabi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Bugun, 15-iyun kuni Rossiya Federatsiyasining Moskva oliy maktabi vakillari - Andrey Ptichnikov, Anton Fedin va Nikolay Kurichevlar Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida bo‘ldi.
Bugun, 15-iyun kuni Rossiya Federatsiyasining Moskva oliy maktabi vakillari - Andrey Ptichnikov, Anton Fedin va Nikolay Kurichevlar Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida bo‘ldi. Tashrif doirasida mehmonlar universitet rektori B.Jollibekov bilan uchrashib, ta’lim, fan va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha fikr almashdi. Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinib, tomonlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Shuningdek, talabalar va professor-o‘qituvchilar ishtirokida grant loyihalarini ishlab chiqish, ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish va xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar ta’lim sifati va ilmiy salohiyatni oshirish, tajriba almashish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyorligini bildirdi. Ushbu uchrashuv universitetning xalqaro aloqalarini kengaytirish hamda ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishda muhim qadam bo‘ldi.