WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Todas las noticias
28 juliojuliojulio 2026 13 visitas

Bakalavriat saralash imtihoni natijalari e’lon qilindi!

“Yangi O‘zbekiston” universitetining 2026/2027-o‘quv yili bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirib, saralash imtihonida ishtirok etgan abituriyentlar endi imtihon natijalari bilan tanishishlari mumkin.

  • Imtihon natijalari Cambridge University Press & Assessment tashkilotining rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.

📌 Shuningdek, admission.newuu.uz manzilidagi shaxsiy kabinetingiz orqali:

  • o‘qishga grant yoki to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilganingizni bilishingiz;
  • shartli ofertani yuklab olishingiz;
  •  o‘qish joyingizni tasdiqlash uchun belgilangan to‘lovni amalga oshirishingiz mumkin.
     
❗️Eslatma: Shartli ofertada belgilangan talablar o‘z vaqtida bajarilmagan taqdirda, abituriyentning o‘qishga tavsiya etilishi bekor qilinishi va uning o‘rni kutish ro‘yxatidagi navbatdagi nomzodga taklif etilishi mumkin.


 

📌 Doctor of Medicine (M.D.) ta’lim dasturi bo‘yicha imtihon natijalari alohida e’lon qilinadi.



🎓 O‘qishga tavsiya etilgan barcha abituriyentlarni samimiy muborakbod etamiz hamda “Yangi O‘zbekiston” universiteti oilasiga xush kelibsiz!

Más noticias