Instituto de Tecnología Química de Taskent
Tecnología para el cultivo y la transformación de plantas medicinales
Sobre el programa
60811100 - Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi ta’lim yo‘nalishida ta’lim oluvchi bir semestrda 30 kredit, bir o‘quv yilida 60 kredit to‘plashi
zarur. O‘qish muddati 4 yil bo‘lib, talaba dastur yakunlanguniga qadar 240 kredit to‘plashi kerak. Talaba uchun bir ECTS kreditning soatlardagi miqdori 30 akademik soatni
tashkil etib, talabaning bir yillik o‘quv yuklamasi 1800 akademik soatdan iborat bo‘ladi. Shundan – 40% auditoriya soati, 60% mustaqil ta’lim soatiga bo‘linadi. Semestr
davomida talaba tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan kreditlar hajmi fanlar katalogida ko‘rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o‘z ichiga oladi.
60811100 - Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi ilmiy tadqiqot
institutlari hamda farmasevtik korxonalar, jumladan, “SHANAZ” MCHJ, “RADIKS” MCHJ, “ZUMA-PHARMA” MCHJ, “Dentafill”, O‘R Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
huzuridagi “Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti”, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi huzuridagi akad. F.N. Rusanov nomidagi Toshkent Botanika
bog‘i bilan o‘zaro mustahkam aloqalar o‘rnatilgan bo‘lib, ilmiy tadqiqotlar davomida dorivor o‘simliklarning hujayra, to‘qima va organlari (vegetativ, generativ) tuzilishi,
fiziologik funksiyalari, tarqalish areali, sistematik o‘rni, chegaralanish tamoyillari, hamda o‘simliklar tarkibidagi ikkilamchi metabolitlar, ularning biosintezi, klassifikatsiyasi,
yetishtirish, yig‘ish, quritish, qayta ishlash (standartlashtirish, sertifikatlash), faol qo‘shimchalar hom ashyosi bazasini shakllantirishning zamonaviy jihozlardan foydalangan holda ishlab chiqarishga yo‘naltirish bo‘yicha profiliga mos bilim, ko‘nikma va malakani hosil qilishdan iborat.
Programas similares
INSTITUTO TÉCNICO ESTATAL DE ALMALYK
Minería (minería a cielo abierto)
9 500 000 so'm
al año
INSTITUTO TÉCNICO ESTATAL DE ALMALYK
Ingeniería mecánica
9 500 000 so'm
al año
Universidad Estatal de Transporte de Taskent
Aviatsionnaya inzheneriya 21 Ingeniería aeronáutica
—
Instituto de Ingenieros de Riego y Mecanización Agrícola de Tashkent, Universidad Nacional de Investigación
Ingeniería aeroespacial
—
INSTITUTO TÉCNICO ESTATAL DE ALMALYK
Arquitectura
11 000 000 so'm
al año
INSTITUTO TÉCNICO ESTATAL DE ALMALYK
Automation and management of technological process and production (technical sciences)
9 500 000 so'm
al año