Sobre el programa
Mexanika muhandisligi (Mashinasozlik texnologiyasi)
Tavsif:
Ushbu ta’lim dasturi – fan va texnika, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, u o‘z ichiga – zamonaviy mashinasozlik texnologiyalari, metallarga ishlov berish usullari, mexanik konstruksiyalar va detallarni loyihalash asoslari, ishlab chiqarish jarayonlarida ishlovchi texnologik jihozlarni tayyorlash, tashkil etish va boshqarish, servis xizmatining raqobatbardoshligini ta’minlash, mashinasozlik ishlab chiqarish operatsiyalarini amalga oshirish va takomillashtirish, ularni loyihalash, texnologik jarayonlarda xizmat ko‘rsatish usullari va vositalari, ishlab chiqarish bilan bog‘liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
Yuqorida keltirilgan kasbiy faoliyat sohalarining:
ishlab chiqarish: mashinasozlik va asbobsozlik korxonalarida (stanoklar, asboblar, mexanizmlar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradigan) usta bo‘lib ishlash, mashinasozlik zavodida texnologik loyihalarni qo‘lash va turli buyumlar uchun texnologik kartalarni ishlab chiqarish, mashina qismlari va buyumlarni ishlab chiqarish jarayonida tashkiliy va texnik ishlarga rahbarlik qilish;
loyiha-tahliliy: mashinasozlik korxonalarini loyihalash, texnologik yechimlarini ishlab chiqish va tadqiq qilish; sexning bo‘limi va boshqalarda texnologik va nostandart jihozlarni montaj qilish va sozlash bo‘yicha ishlarni rejalashtirish hamda bajarish;
ilmiy-tadqiqot: namunaviy uslub bo‘yicha eksperimental tadqiqotlarni o‘tkazish va natijalariga ishlov berish, mashinasozlik buyumlari va konstruksiyalarini xususiyatlarini programmalashtirish, sexning bo‘limida namunaviy texnologik jihozlardan foydalanishni, ta’mirlash va texnikaviy xizmat ko‘rsatish va boshqarishni tashkil etish; ishlab chiqarish jarayonlari, yuqori unumli tipik texnologik mashinalar va jihozlar, mashinasozlik ishlab chiqarish usullari va jihozlari, raqamli dasturda boshqariladigan texnologik dastgohlar (RDBD) ob’ektlarida texnologik jihozlar elementlari, texnologik jihozlar konstruktori, avtomatik boshqarish va rostlash tizimlarini loyihalash, sexda usta, katta usta, sex operatori, avtomatik liniya markazi operatori, texnolog ishlab chiqarish mexanigi, texnologik jihozlar mexanigi bo‘lib ishlash, o‘lchash vositalari va metodlarini tanlash, namunaviy metodikalari bo‘yicha eksperimental tadqiqotlarni o‘tkazish va ularning natijalariga ishlov berishda faol qatnashish kabi kasbiy faoliyati turlari bilan shug‘ullanadi.
Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestir(4 yil) davomida jami:
240 kredit to‘plashingiz zarur bo’ladi.
Jami auditoriya soati: 6180 soat
Malkaviy amaliyot: 570 soat
Davlat attestatsiyasi: 450 soat
Fakultativ mashg‘ulot (sog‘lom turmush tarzi): 240 soatni tashkil etadi.
|
O’quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestirlar soni |
Yakuniy davlat attestatsiyasi |
|
Nazariy va amaliy ta’lim |
105 |
1 – 8 |
Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish yoki ixtisoslik fanlaridan Davlat attestasiyasi |
|
Malakaviy amaliyot |
19 |
4,6,8 |
|
|
Attestatsiya |
21 |
1 – 8 |
|
|
Yakuniy davlat attestatsiyalari |
8 |
8 |
|
|
Ta’tillar |
43 |
1 – 8 |
|
|
Kredit ta’lim tizimiga kirish |
5 |
1,3,5,7 |
|
|
GPA ko’rsatgichini hisoblash |
3 |
2, 4, 6 |
|
|
Jami |
204 |
Qo‘shimcha izohlar:
- 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
- Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
- Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizom asosida amalga oshiriladi
Programas similares
INSTITUTO TÉCNICO ESTATAL DE ALMALYK
Minería (minería a cielo abierto)
9 500 000 so'm
al año
INSTITUTO TÉCNICO ESTATAL DE ALMALYK
Ingeniería mecánica
9 500 000 so'm
al año
Universidad Estatal de Transporte de Taskent
Aviatsionnaya inzheneriya 21 Ingeniería aeronáutica
—
Instituto de Ingenieros de Riego y Mecanización Agrícola de Tashkent, Universidad Nacional de Investigación
Ingeniería aeroespacial
—
INSTITUTO TÉCNICO ESTATAL DE ALMALYK
Arquitectura
11 000 000 so'm
al año
INSTITUTO TÉCNICO ESTATAL DE ALMALYK
Automation and management of technological process and production (technical sciences)
9 500 000 so'm
al año