Universidad Técnica Estatal de Namangan
Seguridad de la información
Sobre el programa
60610200 – Axborot xavfsizligi
(bakalavriat ta’lim yo‘nalishi)
Tavsif:
Dastur ilmiy-tadqiqot, davlat boshqaruvi, bank-moliya, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida axborotning maxfiyligi, yaxlitligi va mavjudligini ta’minlashga yo‘naltirilgan. Ta’lim jarayoni axborot xavfsizligi tizimlarini loyihalash va joriy etish, xavf va zaifliklarni tahlil qilish, kriptografik himoya, tarmoq hamda dasturiy vositalar xavfsizligi, foydalanishlarni va risklarni boshqarish, monitoring, audit, kiberhuquq va kiberetika masalalarini qamrab oladi. Bitiruvchiga “Axborot xavfsizligi muhandisi” kvalifikatsiyasi beriladi.
Kasbiy faoliyat obyektlari: davlat va nodavlat tashkilotlar, korxonalar va muassasalar; vazirlik va idoralar; banklar; kompaniya va firmalar; ishlab chiqarish birlashmalari hamda tarmoq korxonalarining axborot-kommunikatsiya tizimlari; kompyuter tarmoqlari; ma’lumotlarni uzatish, saqlash va qayta ishlash tizimlari; axborotni himoyalashning dasturiy-apparat vositalari va xavfsizlik qurilmalari.
Mazkur yo‘nalish bitiruvchilari quyidagi kasbiy faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi mumkin:
ishlab chiqarish faoliyati: axborot xavfsizligi muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini ishlab chiqish; zarur resurslarni rejalashtirish; korxona va tashkilotlar uchun axborot xavfsizligi tizimlarini loyihalash, joriy etish va ekspluatatsiya qilish; axborotni uzatish, saqlash va qayta ishlash jarayonlarining himoyalanganligini ta’minlash; mehnat, texnika, yong‘in va ekologik xavfsizlik talablariga rioya etish;
tashkiliy-boshqaruv faoliyati: axborot xavfsizligining dasturiy-apparat ta’minotini yaratish va ekspluatatsiya qilish jarayonlari sifatini baholash; xavfsizlik yechimlarini amaliyotga tatbiq etish; ishlab chiqarish jarayonlarida sifatni boshqarish; ijrochilar jamoasi ishini tashkil etish; ish rejalarini tuzish, bajarilishini nazorat qilish va natijalarni baholash;
axborot-tahliliy faoliyat: axborot aktivlari, tahdidlar, zaifliklar va risklarni aniqlash hamda baholash; xavfsizlik hodisalari va tizim jurnallarini tahlil qilish; himoya vositalarining samaradorligi va standartlarga muvofiqligini baholash; tahliliy hisobotlar, xulosalar va amaliy tavsiyalar tayyorlash;
loyihaviy-konstruktorlik faoliyati: axborot xavfsizligi talablarini tahlil qilish; himoyalangan tizim arxitekturasini va xavfsizlik siyosatini loyihalash; kriptografik, tarmoq xavfsizligi, foydalanishlarni boshqarish, monitoring va audit vositalarini tanlash; dasturiy-apparat komplekslarini ishlab chiqish, testlash, tekshirish, hujjatlashtirish va texnik qo‘llab-quvvatlash;
pedagogik faoliyat imkoniyati: bitiruvchilar pedagogik qayta tayyorlashdan o‘tgach, maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari hamda professional ta’lim muassasalarida vakolatli boshqaruv organlari belgilaydigan umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini o‘qitishlari mumkin.
Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestr(4 yil) davomida jami:
240 kredit to’plashingiz zarur bo’ladi.
Jami auditoriya soati: 3150 soat
Malakaviy amaliyot: 900 soat
Davlat attestatsiyasi: 120 soatni tashkil etadi.
|
O’quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestirlar soni |
Yakuniy davlat attestatsiyasi |
|
Nazariy va amaliy ta’lim |
105 |
1 – 8 |
Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish yoki ixtisoslik fanlaridan Davlat attestasiyasi |
|
Malakaviy amaliyot |
15 |
8 |
|
|
Attestatsiya |
21 |
1 – 8 |
|
|
Yakuniy davlat attestatsiyalari |
6 |
8 |
|
|
Ta’tillar |
49 |
1 – 8 |
|
|
Kredit ta’lim tizimiga kirish |
5 |
1,2,3,5,7 |
|
|
GPA ko’rsatgichini hisoblash |
3 |
2, 4, 6 |
|
|
Jami |
204 |
Qo’shimcha izoxlar:
- 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
- Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o’tkaziladi.
- Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizmom asosida amalga oshiriladi
Programas similares
Universidad Técnica Estatal de Namangan
Automatización de procesos tecnológicos y productivos
13 000 000 so'm
al año
Universidad Técnica Estatal de Namangan
Máquinas y equipos tecnológicos.
13 000 000 so'm
al año
Universidad Técnica Estatal de Namangan
Sistemas y tecnologías de la información (por sectores y áreas)
13 000 000 so'm
al año
Universidad Técnica Estatal de Namangan
Seguridad de la información
13 000 000 so'm
al año
INSTITUTO TÉCNICO ESTATAL DE ALMALYK
Sistemas y tecnologías de la información (por sectores y áreas)
9 500 000 so'm
al año
Toshkent shahridagi “Sankt-Peterburg davlat universiteti” Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi Filiali
Programación y tecnologías de la información
—