WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Universidad Técnica Estatal de Namangan

Sistemas informáticos y su software

Maestría Jornada completa 2 años

Sobre el programa

70610201 – Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta’minoti
(tarmoqlar va sohalar bo‘yicha magistratura mutaxassisligi)

Tavsif:
Ushbu magistratura dasturi kompyuter tizimlari, axborot tizimlarining matematik, algoritmik va dasturiy ta’minoti, amaliy dasturiy majmualar hamda turli sohalardagi jarayon va obyektlarning axborot modellarini yaratish, tadqiq qilish va rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Ta’lim jarayoni ilmiy-tadqiqot, ishlab chiqarish-texnologik, loyihalash, boshqaruv va ilmiy-pedagogik faoliyatni uyg‘unlashtiradi. Magistratura kunduzgi ta’lim shaklida kredit-modul tizimi asosida tashkil etiladi, me’yoriy o‘qish muddati 2 yil. Bitiruvchiga magistr akademik darajasi beriladi.

Kasbiy faoliyat obyektlari: inson faoliyatining turli sohalarida qo‘llaniladigan amaliy dasturiy ta’minot; ilmiy va iqtisodiy masalalarni hisoblashga mo‘ljallangan axborot tizimlari va dasturiy majmualar; axborot tizimlarini loyihalashning matematik, algoritmik va dasturiy vositalari; oliy, professional, qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim muassasalari; Fanlar akademiyasi, tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari, markazlar, loyihalash va ilmiy-ishlab chiqarish tashkilotlaridagi ilmiy hamda amaliy jarayonlar.

Mazkur mutaxassislik bitiruvchilari quyidagi kasbiy faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi mumkin:

ilmiy-tadqiqot faoliyati: ilmiy adabiyotlar, loyihalar va yangi natijalarni o‘rganish; amaliy masalalarni yechishning samarali usullari va texnologiyalarini ishlab chiqish; matematik, axborot va imitatsion modellar yaratish; tajriba natijalarini qayta ishlash; ilmiy maqola, sharh va loyihalarni tayyorlash; seminar va konferensiyalarda ishtirok etish;

ishlab chiqarish-texnologik faoliyat: ishlab chiqarish jarayonlarida dasturiy ta’minotni yaratish, joriy etish va monitoring qilish; zamonaviy axborot texnologiyalarini amaliyotga tatbiq etish; instrumental vositalar va ishlab chiqarish muhitini takomillashtirish; texnik yechimlarning iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligini baholash;

tashkiliy-boshqaruv faoliyati: loyihalar, resurslar va ishlab chiqarish jarayonlarini rejalashtirish; xavf-xatarlarni tahlil qilish; loyiha va ilmiy jamoalar ishini tashkil etish; kompyuter tizimlari va dasturiy ta’minotining ekspluatatsiya sifati hamda monitoring mexanizmlarini ishlab chiqish; asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilish;

loyihalash-konstruktorlik-texnologik faoliyat: kompyuter va axborot tizimlarining matematik, axborot va imitatsion modellarini loyihalash; dasturiy va loyihaviy hujjatlarni ishlab chiqish; namunaviy texnologik jarayonlarni yaratish; instrumental vositalar va dasturiy muhitlarni rivojlantirish; innovatsion loyihalarni amaliyotga joriy etish;

ilmiy-pedagogik va xizmat ko‘rsatish faoliyati: oliy, professional, qayta tayyorlash va malaka oshirish muassasalarida mutaxassislik fanlaridan nazariy, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish; zamonaviy axborot-pedagogik, e-learning va m-learning texnologiyalaridan foydalanish; o‘quv-metodik hujjatlar va elektron majmualar ishlab chiqish; dasturiy tizimlar hamda amaliy masalalar bo‘yicha konsalting va ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish.

 

 

Mazkur ta’lim dasturida siz 4 semestr(2 yil) davomida jami:
120 kredit
to’plashingiz zarur bo’ladi.

Jami o‘quv yuklamasi: 3600 akademik soat, 120 kredit.

Kreditlarning taqsimoti: har bir semestrda 30 kreditdan.

Yakuniy davlat attestatsiyasi: magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish orqali amalga oshiriladi.

 

O‘quv jarayonining
tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestrlar
soni

Yakuniy davlat
attestatsiyasi

Nazariy va amaliy ta’lim

45

1–4

Magistrlik
dissertatsiyasini
himoya qilish

Ilmiy amaliyot

15

3–4

Ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasi

4

4

Attestatsiyalar

8

1–4

Ta’tillar

26

1–4

Kredit ta’lim tizimiga kirish

3

1, 2, 3

Yakuniy davlat attestatsiyasi

3

4

Jami

104

 

 

 

Qo’shimcha izohlar:

• 1 kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.

• Ta’lim dasturi fanlar, ilmiy-tadqiqot ishlari, ilmiy-pedagogik faoliyat, ilmiy amaliyot va magistrlik dissertatsiyasini qamrab oladi.

• Ilmiy-amaliy faoliyat oliy ta’lim, ilmiy-tadqiqot, loyiha va ishlab chiqarish tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etiladi.

• Ta’lim natijalarini baholash kredit-modul tizimi hamda magistratura uchun belgilangan attestatsiya talablari asosida amalga oshiriladi.

Programas similares