Universidad Técnica Estatal de Namangan
Matemáticas Aplicadas e Informática
Sobre el programa
Buxgalteriya hisobi (tarmoqlar bo’yicha) yo’nalishi bo’yicha (Bakalavr)
Tavsif:
Namangan davlat texnika universiteti “Buxgalteriya hisobi” kafedrasining asosiy maqsadi - “Buxgalteriya hisobi” (tarmoqlar bo’yicha) yo’nalishida bakalavr hamda “Buxgalteriya hisobi” (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) magistratura ixtisosligidagi talabalarga buxgalteriya hisobi, moliyaviy tahlil va audit yo‘nalishlari bo‘yicha chuqur, tizimli va amaliy bilim berish orqali ularning kasbiy tafakkurini kengaytirish, analitik fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda ularni malakali, mas’uliyatli va raqobatbardosh mutaxassislar sifatida shakllantirishdir.
Kafedra faoliyatining bosh maqsadi - talabalarda milliy va xalqaro buxgalteriya standartlariga asoslangan hisob yuritish madaniyatini, halollik, aniqlik va kasbiy etika tamoyillariga sodiqlikni shakllantirishdir. Shuningdek, kafedra O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, soliq va moliya siyosati mohiyatini talabalarga chuqur tushuntirish, ularning moliyaviy savodxonligini oshirish hamda bozor iqtisodiyoti sharoitida mustaqil tahlil va qaror qabul qila oladigan buxgalter va auditorlarni tayyorlashni o‘zining ustuvor yo‘nalishi deb biladi
Faoliyatni ishlab chiqarish bilan bog’lash: bugungi kunda talabalarga quyidagi fanlar o‘qitiladi: “Moliyaviy hisob”, “Buxgalteriya hisobi nazariyasi”, “Audit asoslari”, “Moliyaviy tahlili”, “Soliq va soliqqa tortish”, “Boshqaruv hisobi”, “Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari”, “Bank ishi”, “Axborot tizimlari va buxgalteriya dasturlari”. Barcha fanlardan namunaviy dasturlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular asosida ishchi fan dasturlari muntazam takomillashtirilib boriladi. yo’nalish bitiruvchilari iqtisodiyotni turli sektorrlarida, xususan auditorlik tashkilotlarida, ishlab chiqarish korxonalarida, tijorat banklari, moliya bo’limlari, sug’urta tashkilotlari va iqtisodiyotning turli sohalarida faoliyat olib borishlari mumkin.
loyiha-tahliliy: iqtisodiyotni turli sektorrlarida, xususan auditorlik tashkilotlarida, ishlab chiqarish korxonalarida, tijorat banklari, moliya bo’limlari, sug’urta tashkilotlari va iqtisodiyotning turli sohalarida mavjud muammolarni aniqlash va ularga tizimli yechimlar ishlab chiqish;
ilmiy-tadqiqot: Kafedra professor-o‘qituvchilari buxgalteriya hisobi, moliya, audit va iqtisodiy tahlil yo‘nalishlarida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish bilan bir qatorda, o‘quv jarayonida nazariy bilimlarni amaliyot bilan uzviy bog‘lashga alohida e’tibor qaratmoqdalar. Buxgalteriya fanlaridan o‘quv yuklamalarini to‘liq va sifatli bajarish uchun har bir o‘qituvchi o‘z ustida muntazam ishlaydi, ilmiy yangiliklar, xalqaro standartlar va ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida malakasini oshirib boradi. Shu bois kafedra tasarrufidagi barcha fanlar bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmualar zamonaviy ilmiy talablarga muvofiq muntazam yangilanadi. Kafedra ilmiy-tadqiqot ishlarining ustuvor yo‘nalishi sifatida “Kichik biznes subyektlarida buxgalteriya hisobi va byudjetlashtirishni takomillashtirishning ilmiy asoslari”,“Moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish yo‘nalishlari” va “Xo’jalik yurituvchi subyektlarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish masalalari” mavzulari doirasida izlanishlar olib borilmoqda. O’z navbatida talabalar ishlab chiqarish bilan uzviy holda ta’limni olib boorish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Buxgalteriya hisobi kafedrasi ilmiy-tadqiqot va o‘quv-uslubiy ishlar yo‘nalishida mamlakatimizdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Jumladan, kafedra “Mirzo Ulug‘bek” nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Namangan davlat universiteti, TITU Namangan filiali, shuningdek, Malayziyaning Malayya universiteti, Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universiteti, M. Satpayev nomidagi Qozog‘iston texnika universiteti, Belarus milliy texnika universiteti va Manas nomidagi Qirg’iz-Turk universiteti bilan ilmiy va uslubiy hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.
Bakalavr ta’lim dasturida siz 8 semestir(4 yil) davomida jami:
240 kredit to’plashingiz zarur bo’ladi.
Jami auditoriya soati: 6150 soat
Malkaviy amaliyot: 900 soat
Davlat attestatsiyasi: 150 soatni tashkil etadi.
|
O’quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestirlar soni |
Yakuniy davlat attestatsiyasi |
|
Nazariy va amaliy ta’lim |
105 |
1 – 8 |
Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish yoki ixtisoslik fanlaridan Davlat attestasiyasi |
|
Malakaviy amaliyot |
15 |
8 |
|
|
Attestatsiya |
21 |
1 – 8 |
|
|
Yakuniy davlat attestatsiyalari |
5 |
8 |
|
|
Ta’tillar |
50 |
1 – 8 |
|
|
Kredit ta’lim tizimiga kirish |
5 |
1,3,5,7 |
|
|
GPA ko’rsatgichini hisoblash |
3 |
2, 4, 6 |
|
|
Jami |
204 |
Qo’shimcha izoxlar:
- 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
- Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o’tkaziladi.
- Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizmom asosida amalga oshiriladi
Programas similares
Universidad Técnica Estatal de Namangan
Gestión.
14 000 000 so'm
al año
Universidad Técnica Estatal de Namangan
Economía
14 000 000 so'm
al año
Universidad Técnica Estatal de Namangan
Marketing
14 000 000 so'm
al año
Webster University in Tashkent
Economía
62 937 500 so'm
al año
Samarqand xalqaro texnologiya universiteti
Finanzas y tecnologías financieras
40 000 000 so'm
al año
Universidad de Economía y Pedagogía de Taskent
Economía
15 000 000 so'm
al año