WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Alle Nachrichten
29 JuniJuniJuni 2026 10 Aufrufe

YOSHLAR – YANGI O‘ZBEKISTONNING BUNYODKOR KUCHI!

🇺🇿 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Toshkent viloyati markazi Nurafshon shahridagi “Nurafshon Arena” majmuasida yuksak saviyada tashkil etilgan tantanali bayram dasturi ko‘tarinki kayfiyat va unutilmas taassurotlarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.

Mazkur bayram tadbirida

Olmaliq davlat texnika instituti jamoasi ham faol ishtirok etib, mamlakatimiz yoshlari uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularning bilim va salohiyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ezgu islohotlar tantanasiga munosib hissa qo‘shdi.



Bayram dasturidan:
🔺tantanali ochilish marosimi;
🔺 davlat ramzlarini ulug‘lashga bag‘ishlangan chiqishlar;
🔺 yoshlarning yutuqlari aks etgan videolavhalar;
🔺 taqdirlash marosimi;
🔺 yurtimizning taniqli san’atkorlari ishtirokidagi gala-konsert o‘rin oldi.

❗ Ushbu bayram nafaqat yoshlarning erishayotgan ulkan yutuqlarini e’tirof etish, balki ularning Vatan taraqqiyotidagi beqiyos o‘rni va bunyodkorlik salohiyatini yana bir bor namoyon etgan muhim voqea bo‘ldi.

➡️ Olmaliq davlat texnika instituti yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, ularni ilm-fan, innovatsiya va kasbiy yetuklik sari qo‘llab-quvvatlash yo‘lida o‘z faoliyatini izchil davom ettiradi.

💙 Yoshlar — taraqqiyot bunyodkorlari, Yangi O‘zbekistonning ishonchli kelajagi!

Weitere Nachrichten