WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Alle Nachrichten
13 FebruarFebruarFebruar 2026 8 Aufrufe

🎓🔥 Yoshlar maydonda — bilim va tafakkur bahsida!

Olmaliq davlat texnika instituti talabalaridan tashkil topgan “Ibrat” jamoasi “Ma’rifat maydoni” Respublika ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichida munosib ishtirok etdi! 💪✨

🎓 Tanlovda Toshkent viloyatining yetakchi OTMlari — Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti (TIPU), Chirchiq davlat pedagogika universiteti (ChDPU) hamda mezbon Toshkent davlat agrar universiteti jamoalari “Ibrat”ga munosib raqiblik qilishdi.



⚡️ Jamoalar 3 ta shart asosida o‘zaro bellashib, bilim, mantiqiy fikrlash, tezkorlik va jamoaviy hamjihatlik borasida kuch sinashdilar. Har bir chiqish — ishonch, har bir javob — salohiyat, har bir bahs — haqiqiy intellektual kurash bo‘ldi!

👏 “Ibrat” jamoasi sahnada nafaqat bilim, balki ODTI sha’nini munosib himoya qilib, yoshlarimizning intellektual salohiyati va ma’naviy yetukligini namoyon etdi.

🚀 Maydon bilimniki!
📚 Kuch — tafakkurda!
🔥 “Ibrat” — nomiga munosib jamoa!

Weitere Nachrichten