WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Alle Nachrichten
25 MaiMaiMai 2026 5 Aufrufe

Yaponiyalik professor ishtirokida amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Biologiya fakultetining "Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi" ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tashkil etilgan amaliyot jarayonida Osaka universiteti professori Ken Ito maxsus ishtirok etib, talabalar bilan amaliy suhbat va tajriba almashdi.

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Biologiya fakultetining "Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi" ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tashkil etilgan amaliyot jarayonida Osaka universiteti professori Ken Ito maxsus ishtirok etib, talabalar bilan amaliy suhbat va tajriba almashdi. Mashg‘ulot davomida xorijlik mutaxassis dorivor o‘simliklarning kimyoviy tarkibini o‘rganish, ulardan sifatli xomashyo olish va bu boradagi xalqaro tajribalar haqida batafsil ma’lumot berdi. Talabalar zamonaviy ilmiy yondashuvlar va amaliy usullar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Professor amaliy mashg‘ulot davomida Ferula, Glycyrrhiza glabra L. va Mentha kabi dorivor o‘simliklarning biologik xususiyatlari, ularni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyalariga alohida to‘xtaldi. Ayniqsa, Mentha o‘simligining Yaponiya farmatsevtikasi va xalq tabobatida keng qo‘llanilishi haqida o‘z tajribasi asosida qiziqarli misollar keltirdi. Interfaol ruhda o‘tgan uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita mutaxassisdan javob oldi. Ushbu amaliy mashg‘ulot talabalarning dorivor o‘simliklarni chuqur o‘rganishida, ilmiy salohiyatini oshirishda va xalqaro tajribalarni amaliyotga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Weitere Nachrichten