WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Alle Nachrichten
20 MaiMaiMai 2026 6 Aufrufe

Yangi O‘zbekistonning ilm va ma’rifat sari odimlari!

📣 Olmaliq davlat texnika instituti talabalari poytaxtimizdagi ulkan ma’naviy-ma’rifiy maskan — Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurishdi.

🔻 Mazkur tashrif davomida talabalar buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy merosi, islom tamaddunining jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan beqiyos hissasi hamda zamonaviy O‘zbekistonda ma’rifatga qaratilayotgan yuksak e’tibor bilan yaqindan tanishdilar.

🟢Har bir eksponat — tarix nafasi.
🟢 Har bir manba — tafakkur va uyg‘onish timsoli.
🟢 Har bir qadam — kelajak sari ilhom!

⏰ Bugungi yoshlar — ertangi taraqqiyot bunyodkorlari. ODTI talabalari esa ilm, ma’naviyat va zamonaviy tafakkurni birlashtirgan holda yangi marralar sari dadil odimlamoqda.

🇺🇿 Ma’rifatli jamiyat sari birgalikda!

Weitere Nachrichten