Xalqaro reyting
Toshkent davlat transport universiteti “THE World University Rankings – 2026 Asia” xalqaro reytingida “reporter” maqomiga ega boʻldi
Toshkent davlat transport universiteti xalqaro nufuzini oshirish va global ta’lim makoniga integratsiyalashuv yo‘lida navbatdagi muvaffaqiyatga erishdi. Universitetimiz dunyoning eng nufuzli reyting agentliklaridan biri — “Times Higher Education” (THE) tomonidan e’lon qilingan “Asia University Rankings – 2026” natijalariga ko‘ra “Reporter” maqomiga loyiq ko‘rildi.
“Times Higher Education” Osiyo universitetlari reytingi qit’adagi oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyati, ta’lim sifati, xalqaro hamkorlik darajasi va sanoatdan olingan daromadlari kabi murakkab ko‘rsatkichlar asosida shakllantiriladi. Transport universitetining ushbu ro‘yxatda “Reporter” sifatida qayd etilishi — universitetimiz taqdim etgan ma’lumotlar xalqaro ekspertlar tomonidan yuqori baholanganini va oliygohimiz nufuzli reytinglarning saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tganini anglatadi.