WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Alle Nachrichten
19 FebruarFebruarFebruar 2026 10 Aufrufe

Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida yangi qadam

Avval xabar berganimizdek, Italiyaning Rim shahrida O‘zbekiston va Italiya universitetlari rektorlarining ikkinchi forumi o‘tkazilib, unda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori B.Jollibekov va universitetning xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori T.Nurimbetov ishtirok etdi.

Avval xabar berganimizdek, Italiyaning Rim shahrida O‘zbekiston va Italiya universitetlari rektorlarining ikkinchi forumi o‘tkazilib, unda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori B.Jollibekov va universitetning xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori T.Nurimbetov ishtirok etdi. Bu forum ikki mamlakat o‘rtasidagi oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, ilmiy-tadqiqot aloqalarini kengaytirish va akademik almashinuv dasturlarini rivojlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatli. Uchrashuvlar davomida ikki tomonlama hamkorlik yo‘nalishlari, xususan, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, ilmiy loyihalarni birgalikda amalga oshirish, shuningdek, xalqaro grant dasturlarida hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Forum doirasida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti va Italiyaning bir qator oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida ilmiy-akademik hamkorlik bo‘yicha memorandumlar imzolandi. Ushbu hujjatlar ikki tomon o‘rtasida uzoq muddatli va barqaror hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini o‘zaro almashish va innovatsion tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Weitere Nachrichten