WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Alle Nachrichten
19 MärzMärzMärz 2026 9 Aufrufe

Qozog‘istonning “ALC Attorneys” tashkiloti vakillari Berdaq nomidagi QDUga tashrif buyurdi

Avval xabar berganimizdek, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, yuridik ta’lim sifatini oshirish va talabalarning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan muhim uchrashuv o‘tkazilib, unda Qozog‘iston Respublikasining "ALC Attorneys" yuridik konsalting tashkiloti raisi Farid Aliyev va uning sherigi Dana Janadil mehmon bo‘ldi.

Avval xabar berganimizdek, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, yuridik ta’lim sifatini oshirish va talabalarning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan muhim uchrashuv o‘tkazilib, unda Qozog‘iston Respublikasining "ALC Attorneys" yuridik konsalting tashkiloti raisi Farid Aliyev va uning sherigi Dana Janadil mehmon bo‘ldi. Mehmonlar universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha proektori O.Duysenbayev bilan birgalikda Yuridika fakultetida professor-o‘qituvchilar bilan uchrashib, suhbatlashdi. Uchrashuvda zamonaviy yuridik ta’limni rivojlantirish, talabalarni xalqaro tajribaga jalb etish, shuningdek, ta’lim va amaliyot integratsiyasini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, yuridik fakulteti talabalari va magistrantlari uchun xalqaro tajriba almashish dasturlarini yo‘lga qo‘yish, xorijlik tajribali yuristlarni universitetga jalb etib, ular tomonidan ma’ruza va seminarlar tashkil etish bo‘yicha fikr almashildi. Bu tashabbuslar talabalarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirish, ularni global huquqiy muhitga moslashuvchan va raqobatbardosh mutaxassislar sifatida tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Weitere Nachrichten