QDU rektori Pekindagi ICSAID-2026 xalqaro konferensiyasida o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi
Xabaringiz bor, joriy yilning 10-13-iyul kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida "On Smart Agriculture Innovation Development (ICSAID-2026) " mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Xabaringiz bor, joriy yilning 10-13-iyul kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida "On Smart Agriculture Innovation Development (ICSAID-2026) " mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Mazkur xalqaro konferensiyada Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori Berdiyar Jollibekov ham ishtirok etdi. Konferensiya doirasida u zamonaviy qishloq xo‘jaligi, innovatsion texnologiyalarni ta’lim va ilmiy tadqiqotlar bilan integratsiyalash, shuningdek, xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
Rektor B.Jollibekov o‘z nutqida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida ta’lim va ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar va kelajakdagi xalqaro hamkorlik rejalari haqida ma’lumot berdi.
Konferensiya turli mamlakatlardan kelgan olimlar, tadqiqotchilar va soha mutaxassislari uchun zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnologiyalari, innovatsion ishlanmalar va ilmiy tajribalar almashish bo‘yicha muhim xalqaro muloqot maydoniga aylandi.
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti vakilining ushbu xalqaro konferensiyadagi ishtiroki universitetning xalqaro ilmiy aloqalarini yanada mustahkamlash, xorijiy hamkorlar bilan yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish va ilmiy salohiyatni oshirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.