QDU rektori "INNOPROM" xalqaro sanoat ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda
Ayni daqiqalarda Toshkent shahrida "INNOPROM" Markaziy Osiyo xalqaro sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu xalqaro tadbirda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori Berdiyar Jollibekov ham ishtirok etmoqda. Ko‘rgazma doirasida sanoat, innovatsiya, ta’lim va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlarida qator uchrashuv va muzokaralar tashkil etilmoqda.
Ayni daqiqalarda Toshkent shahrida "INNOPROM" Markaziy Osiyo xalqaro sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu xalqaro tadbirda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori Berdiyar Jollibekov ham ishtirok etmoqda. Ko‘rgazma doirasida sanoat, innovatsiya, ta’lim va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlarida qator uchrashuv va muzokaralar tashkil etilmoqda. Xususan, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori tomonidan Boshqirdiston oliy ta’lim muassasalari rahbarlari bilan o‘zaro hamkorlik istiqbollari bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Uchrashuvlar davomida ta’lim, ilmiy-tadqiqot, akademik almashinuv dasturlari va qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Tadbir doirasida O‘FA davlat Neft Texnika universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu kelishuv ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ilm-fan, innovatsiyalar, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, malaka oshirish va zamonaviy ta’lim dasturlarini joriy etish borasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish hisoblanadi.