WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Alle Nachrichten
11 JuniJuniJuni 2026 9 Aufrufe

Peking universiteti bilan hamkorlik: “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari uchun yangi xalqaro imkoniyatlar

11-iyun kuni Xitoyning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Peking universiteti (PKU) delegatsiyasi vitse-prezident professor NING Qi boshchiligida “Yangi O‘zbekiston” universitetiga tashrif buyurdi.

11-iyun kuni Xitoyning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Peking universiteti (PKU) delegatsiyasi vitse-prezident professor NING Qi boshchiligida “Yangi O‘zbekiston” universitetiga tashrif buyurdi.
 

PKU — Xitoy ilm-fani, ta’limi va innovatsion rivojlanishida yetakchi o‘rin tutadigan universitet bo‘lib, QS World University Rankings 2026’da dunyoda 14-o‘rinni, THE Asia University Rankings 2026’da Osiyoda 2-o‘rinni egallagan.



Uchrashuvda sun’iy intellekt, matematika, qo‘shma tadqiqotlar, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi bo‘yicha yangi yo‘nalishlar muhokama qilindi.

Alohida e’tiborlisi, “Yangi O‘zbekiston” universiteti PKUning Markaziy Osiyodagi strategik hamkori sifatida qaralmoqda. Bu universitetimiz uchun katta sharaf, talabalarimiz uchun esa dunyoning eng kuchli akademik muhitlaridan biriga kirish imkoniyatidir.

Shuningdek, GLOBEX xalqaro yozgi dasturi hamda “Belt & Road Mathematics Center” doirasida AI va matematika yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Bu hamkorlik “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari uchun Xitoyning eng kuchli ilmiy va innovatsion ekotizimiga yo‘l ochadi.

Weitere Nachrichten