WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Alle Nachrichten
13 JanuarJanuarJanuar 2026 10 Aufrufe

Osaka universiteti professori bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

Joriy yilning 13-yanvar kuni Biologiya fakultetida Yaponiyaning Osaka universiteti professori, shuningdek, National Geographic jamiyatining koordinatori Ken Ito bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 13-yanvar kuni Biologiya fakultetida Yaponiyaning Osaka universiteti professori, shuningdek, National Geographic jamiyatining koordinatori Ken Ito bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvni Biologiya fakulteti dekani professor M. Jumanov ochib berdi va olib bordi. Uchrashuvda Biologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari, tayanch doktorantlar, magistrantlar va talaba-yoshlar ishtirok etdi. Uchrashuvning maqsadi, Dorivor o‘simliklar, ekologiya, biologiya yo‘nalishidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Professor Ken Ito bilan hamkorlikda iqlim o‘zgarishi, ekologik muammolarni o‘rganish, biologik xilma-xillikni saqlashga qaratilgan xalqaro loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, tajriba almashish va yosh tadqiqotchilarning imkoniyatlarini oshirishdan iborat. Uchrashuv davomida ular fakultetning ilmiy-ta’lim infratuzilmasi, kafedralar va zamonaviy laboratoriyalar faoliyati bilan tanishdi.

Weitere Nachrichten