Namangan muhandislik-texnologiya institutida "Uch avlod uchrashuvi" o‘tkazildi.
Namangan muhandislik-texnologiya institutida yoshlar va faxriylar o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash, ma’naviy qadriyatlarni boyitish maqsadida "Uch avlod uchrashuvi" tashkil etildi. Tadbirning mehmoni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, "Nuroniy" jamg'armasi viloyat bo'limi raisi, "El-yurt hurmati" va "Mehnat shuhrati" ordenlari sohibi, uzoq yillar rahbarlik lavozimlarida xizmat qilgan hurmatli Ikromxon Najmiddinov bo‘ldi.

Institut rektori Odiljon Mamatkarimov uchrashuvni kirish so‘zi bilan ochib, avlodlar o‘rtasidagi aloqalar va hayotiy tajribalar almashinuvi yoshlarga boy ma’naviy meros qoldirishi haqida so‘z yuritdi. Ikromxon Najmiddinov o‘z nutqida yoshlarga qimmatli maslahatlar berib, o‘zining boy hayotiy tajribasidan misollar keltirdi. Ko‘p yillar davomida mamlakat rivojiga hissa qo‘shgan bu insonning donolik va rahbarlik tajribasi, yoshlar uchun chin ma’noda ibrat maktabi bo‘ldi.
Uchrashuv davomida talabalar Ikromxon Najmiddinovga o‘z savollarini berish imkoniga ega bo‘ldilar. Har bir javob yoshlarga chuqur ta’sir qildi, ularning kelajak hayotiy yo‘lida dadil qadam tashlashlari uchun muhim saboqlar berdi. Ana shunday tadbirlar orqali yosh avlod va tajribali faxriylar o‘rtasidagi ko‘prik yanada mustahkamlanmoqda.
©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati