"MILLIY QADRIYATLAR - MILLAT MA'NAVIYATING KUZGUSI" MAVZUSIDA MILLIY HUNARMANDLIK KO'RGAZMASI TASHKIL ETILDI
Joriy yilning 15-may kuni Shahrisabz davlat pedagogika institutida Qashqadaryo viloyati hunarmandchilik boshqarmasi bilan hamkorlikda "Milliy qadriyatlar - millat ma'naviyating kuzgusi" mavzusida milliy hunarmandlik ko'rgazmasi tashkil etildi.
Joriy yilning 15-may kuni Shahrisabz davlat pedagogika institutida Qashqadaryo viloyati hunarmandchilik boshqarmasi bilan hamkorlikda "Milliy qadriyatlar - millat ma'naviyating kuzgusi" mavzusida milliy hunarmandlik ko'rgazmasi tashkil etildi.
Ushbu ko'rgazmada Shahrisabz shahar Hunarmandchilik markazi rahbari Gulnora Choriyeva boshchiligida hunarmandlar, onlayn savdo bo'yicha mutaxassis Gulbahor Choriyeva, tyutorlar va talabalar ishtirok etdi. Ko'rgazmada milliyligimizni aks ettiruvchi mahsulotlar jumladan, kashtachilik, kulolchilik, gilamchilik, milliy matolar, munchoqlardan tayyorlangan mahsulotlar, 10 dan ziyod hunarmandchilik namunalari namoyish etildi. shuningdek, NNT "Ma'rifat manbai" va "Paladium International" hamkorligida USAID ning tadbirkorlik va biznes muhitni rivojlantirish loyihasi tomonidan seminar-trening ham tashkil etildi.
Tadbrida hunarmand tadbirkorlar tomonidan mahsulotni tayyorlash, tayyorlangan mahsulotlar savdosiga ko‘maklashish, yurtimizga tashrif buyuruvchi sayyohlarga milliy hunarmandchiligimiz yo‘nalishlari haqida ma’lumot berish hamda yoshlarga hunar o'rganish borasida tavsiyalar berildi.
Seminar davomida ishtirokchilarga kashta tikish, matogga bezak berish, turli hil buyumlarni to'qish hamda mahsulotni tijoratlashtirish maqsadida suratga olish jarayonlarida nimalarga e'tibor berish borasida mutaxassislardan mahorat darslari o'tib berildi.
Bu kabi uchrashuvlar yoshlarga milliyligimizni anglash, bebaho ma'naviy boyligimiz asl qadriyatlarimizni asrab avaylashni o'rgatish bilan ahamiyatlidir.


