WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Alle Nachrichten
30 OktoberOktoberOktober 2024 8 Aufrufe

Institut kutubxonasi yangi kitoblar bilan boyidi.

Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori Odiljon Mamatkarimov ilm-ma'rifatga bo‘lgan e'tibor va kitobxonlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, o‘z shaxsiy kutubxonasidan 100 dan ortiq qimmatli kitoblarni institut axborot-resurs markaziga hadya qildi.

Ushbu nodir kitoblar talaba va professor-o‘qituvchilarning ilmiy izlanishlari va o‘qish jarayoniga boylik qo‘shib, ularga yangi bilimlar manbai bo‘lib xizmat qiladi. Kitoblar turli yo‘nalishdagi fanlar va madaniy bilimlarni qamrab oladi, bu esa institutimiz kutubxonasining mazmunini yanada boyitdi.

©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Weitere Nachrichten