Staatliche Technische Universität Namangan
Technologie der Lagerung und Verarbeitung landwirtschaftlicher Produkte (nach Produkttypen)
Über den Studiengang
60811300 - Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash
texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha)
Tavsif: Mazkur ta'lim yo‘nalishi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yig‘ib olishdan boshlab ularni saqlash, dastlabki va chuqur qayta ishlash, sifatini nazorat qilish, qadoqlash, sertifikatlashtirish, logistika va iste'molchiga yetkazib berish jarayonlarini zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etishga ixtisoslashgan mutaxassislarni tayyorlaydi. Ta'lim jarayonida talabalar meva, sabzavot, don, dukkakli ekinlar, moyli ekinlar, poliz mahsulotlari, ziravor va dorivor o‘simliklar mahsulotlarini saqlash texnologiyalari, sovutish va muzlatish usullari, gaz muhitini boshqarish, (quritish, konservalash, sharbat, pyure, murabbo, qoqi, yarim tayyor va tayyor oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyalarini o‘rganadilar. Bitiruvchilar meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari, sovutkich omborlari, logistika markazlari, eksport-import kompaniyalari, agrosanoat klasterlari, fermer xo‘jaliklari, ilmiy-tadqiqot institutlari, sinov laboratoriyalari, sertifikatlashtirish markazlari hamda oliy va professional ta'lim muassasalarida faoliyat yuritishlari mumkin.
Ishlab chiqarish: 60811300 – Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha) ta'lim yo‘nalishi bitiruvchilari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarish jarayonlarini zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etish hamda boshqarish sohasida faoliyat yuritishga tayyorlanadilar.
Ular quyidagi ishlab chiqarish yo‘nalishlarida ishlashlari mumkin:
- meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari;
- don va dukkakli mahsulotlarni qayta ishlash korxonalari;
- yog‘-moy, quritilgan meva va sabzavot ishlab chiqarish korxonalari;
- sharbat, nektar, pyure, murabbo, jem, kompot va konservalangan mahsulotlar ishlab chiqarish korxonalari;
- muzlatilgan va yarim tayyor oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari;
- sovutkichli omborlar, logistika va taqsimlash markazlari;
- oziq-ovqat sanoati korxonalari, agroklasterlar va fermer xo‘jaliklari;
- mahsulotlarni qadoqlash, markirovkalash va eksportga tayyorlash korxonalari;
- mahsulot sifati va xavfsizligini nazorat qiluvchi laboratoriyalar;
- oziq-ovqat xavfsizligi, standartlashtirish va sertifikatlashtirish tashkilotlari.
Bitiruvchilar ishlab chiqarish texnologi, smena ustasi, ishlab chiqarish muhandisi, sifat nazorati mutaxassisi (QA/QC), laboratoriya mutaxassisi, sovutish texnologiyasi mutaxassisi, logistika muhandisi, ombor boshqaruvchisi, ishlab chiqarish bo‘limi rahbari hamda texnologik jarayonlarni takomillashtirish bo‘yicha mutaxassis sifatida faoliyat yuritishlari mumkin.
Loyiha-tahliliy faoliyat 60811300 – Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha) ta'lim yo‘nalishi bitiruvchilarining loyiha-tahliliy faoliyati qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va ishlab chiqarish jarayonlarini loyihalash, texnik-iqtisodiy tahlil qilish hamda samaradorligini oshirishga qaratilgan. Bitiruvchilar quyidagi loyiha-tahliliy ishlarni amalga oshiradilar:
- qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash omborlari, sovutkich majmualari va qayta ishlash korxonalarini loyihalashda ishtirok etish;
- texnologik liniyalar va ishlab chiqarish uskunalarini tanlash, joylashtirish hamda texnologik sxemalarni ishlab chiqish;
- mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash jarayonlarining texnik-iqtisodiy samaradorligini tahlil qilish;
- xomashyo va tayyor mahsulot sifati, yo‘qotishlar darajasi hamda ishlab chiqarish unumdorligini baholash;
- energiya, suv va boshqa resurslardan foydalanish samaradorligini tahlil qilish hamda resurs tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
- mahsulot tannarxi, rentabelligi va iqtisodiy samaradorligini hisoblash hamda tahlil qilish;
- logistika, saqlash va transport jarayonlarini optimallashtirish bo‘yicha loyiha yechimlarini ishlab chiqish;
- zamonaviy axborot texnologiyalari va raqamli boshqaruv tizimlaridan foydalangan holda ishlab chiqarish jarayonlarini monitoring qilish va tahlil etish;
- investitsiya loyihalari, biznes-rejalar hamda texnik-iqtisodiy asoslarni (TIA) tayyorlashda ishtirok etish;
- ishlab chiqarishdagi texnologik muammolarni aniqlash, ularning sabablarini tahlil qilish va ilmiy asoslangan yechimlarni taklif etish;
- eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha loyiha va innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqish.
Mazkur loyiha-tahliliy faoliyat bitiruvchilarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash sohasida zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash hamda korxonalar faoliyatini ilmiy va iqtisodiy asosda rivojlantirish imkonini beradi.
Ilmiy-tadqiqot faoliyati. 60811300 – Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha) Mazkur ta'lim yo‘nalishi bitiruvchisi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida olib borish, innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha kasbiy kompetensiyalarga ega bo‘ladi. Ilmiy-tadqiqot faoliyati quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
- qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash jarayonlarida uchraydigan ilmiy va amaliy muammolarni aniqlash, ularni ilmiy asosda tahlil qilish hamda samarali yechimlarni ishlab chiqish;
- meva-sabzavot, don, dukkakli, moyli, dorivor va ziravor o‘simliklar hamda boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashning innovatsion texnologiyalarini yaratish va takomillashtirish;
- mahsulotlarning fizik, kimyoviy, biokimyoviy, mikrobiologik va organoleptik ko‘rsatkichlarini zamonaviy laboratoriya usullari yordamida tadqiq etish;
- saqlash jarayonida mahsulot sifati, oziqaviy qiymati, biologik faol moddalari va iste'mol xususiyatlarining o‘zgarishini ilmiy jihatdan baholash;
- energiya va resurs tejamkor, ekologik xavfsiz hamda chiqindisiz texnologiyalarni ishlab chiqish va ularning samaradorligini eksperimental tadqiqotlar asosida baholash;
- yangi turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, yarim tayyor mahsulotlar va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini yaratish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish;
- mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash jarayonlarini matematik modellashtirish, statistik tahlil qilish va raqamli texnologiyalar asosida optimallashtirish;
- ilmiy tajribalarni rejalashtirish, laboratoriya va ishlab chiqarish sharoitida eksperimental tadqiqotlar o‘tkazish, olingan natijalarni statistik qayta ishlash va ilmiy xulosalar chiqarish;
Natijada, bitiruvchi ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy ta'lim muassasalari, sinov va tahlil laboratoriyalari, oziq-ovqat hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash korxonalari, innovatsion markazlar va loyiha tashkilotlarida ilmiy izlanishlar olib borish, yangi texnologiyalar yaratish va ularni amaliyotga joriy etish bo‘yicha yuqori malakali mutaxassis sifatida faoliyat yuritish kompetensiyasiga ega bo‘ladi.
Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestir (4 yil) davomida jami:
240 kredit to’plashingiz zarur bo’ladi.
Jami auditoriya soati: 6540 soat
Malkaviy amaliyot: 540 soat
Davlat attestatsiyasi: 120 soatni tashkil etadi.
|
O’quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestirlar soni |
Yakuniy davlat attestatsiyasi |
|
Nazariy va amaliy ta’lim |
112 |
1-7 |
Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish yoki ixtisoslik fanlaridan Davlat attestasiyasi |
|
Malakaviy amaliyot |
19 |
6,8 |
|
|
Attestatsiya |
20 |
1-7 |
|
|
Yakuniy davlat attestatsiyalari |
15 |
8 |
|
|
Ta’tillar |
39 |
1 – 8 |
|
|
Kredit ta’lim tizimiga kirish |
36 |
1,3,5 |
|
|
GPA ko’rsatgichini hisoblash |
4 |
2, 4, 6 |
|
|
Jami |
203 |
Qo’shimcha izoxlar:
- 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
- Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o’tkaziladi.
- Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizmom asosida amalga oshiriladi
Ähnliche Studiengänge
Staatliche Technische Universität Namangan
Forstwirtschaft und Begrünung von Wohngebieten.
13 000 000 so'm
pro Jahr
Staatliche Technische Universität Bukhara
Gidrologiya
14 400 012 so'm
pro Jahr
Staatliche Technische Universität Bukhara
Ingenieurtechnische Wasserversorgungssysteme
14 400 000 so'm
pro Jahr
Staatliche Technische Universität Taschkent, benannt nach Islam Karimov
Technologie zur Lagerung und Verarbeitung landwirtschaftlicher Produkte.
15 252 000 so'm
pro Jahr
Staatliche Agraruniversität Taschkent
Pflanzenschutz und Quarantäne.
12 400 000 so'm
pro Jahr
Institut für Landwirtschaft und Agrartechnologien von Karakalpakstan
Kataster und Landvermessung.
12 600 000 so'm
pro Jahr