Über den Studiengang
70410804 – Korporativ boshqaruv
Tavsif:
Ushbu ta’lim dasturi Barcha ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari, markazlari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy tadqiqot faoliyatini yuritish, turli mulkchilik shaklidagi korxonalarida, nodavlat va notijorat tashkilotlarida, markaziy va mahalliy davlat boshqaruvi organlarida, tadbirkorlik sub’ektlarida korporativ boshqaruv faoliyatini tashkil etish va unga oid kompleks masalalarni hal etish, shuningdek iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini rivojlantirishda korporativ boshqaruv usullarini joriy etish va takomillashtirish bilan bog‘liq kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi.
ishlab chiqarish: Korporativ tuzilmalarda ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish; korporativ boshqaruv sohasidagi fan va texnika yutuqlarini ishlab chiqarish jarayoniga tatbiq etish; korporativ boshqaruvning iqtisodiy va ijtimoiy samaradorlikni baholash ko‘nikmalariga ega bo‘lish; korporativ boshqaruv tizimining amaliy faoliyatida instrumental vositalarni va ishlab chiqarish muhitini takomillashtirish; tashkilot, korxona va ularning alohida bo‘linmalarida korporativ boshqaruv tashkiliy tuzilmasini optimallashtirish, xodimlarning professional tayyorgarlik darajasini oshirib borishni tashkil qilish va boshqarish, mehnat salohiyatidan samarali foydalanishni rejalashtirish, mehnatni rag‘batlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish; reja, hisob-kitob hujjatlarini yuritish, yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish, korporativ boshqaruv sohasida ratsionalizatorlik takliflar va ixtirolar bo‘yicha iqtisodiy samaradorlikni aniqlash; qabul qilingan korporativ qarorlarni iqtisodiy, ijtimoiy-ekologik samaradorlik mezonlari asosida ularning xavf-xatar va oqibatlarini hisobga olgan holda boshqaruv qarorlari variantlarini ishlab chiqishda hamda tanlab olishni asoslashda ishtirok etish; korporativ bitimlarni tuzish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni to‘plash, tezkor va statistik hisobotni olib borishni tashkil etish, hisobotlarni tuzish tartiblarini aniqlash; korporativ loyihaviy va dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish, bajarilayotgan nazariy va amaliy ishlar mavzusi bo‘yicha matematik, informatsion va imitatsion modellarni ishlab chiqish va tatbiq etish; ilmiy va amaliy faoliyatda raqamli iqtisodiyot texnologiyalari va ekotizim vositalarini rivojlantirish, yangi innovatsion loyihalar va texnologik jarayonlarni tatbiq qilinishini tashkil etish.
loyiha-tahliliy: Korporativ axborotlarni yig‘ish va ularni qayta ishlash, iqtisodiy o‘zgarishlar ularning ta’sirini sifat va miqdor jihatdan tahlil qilish, oqibatlarini baholash, axborot-tahlil faoliyati natijalari bo‘yicha hisobot tayyorlash, o‘zlashtirilgan bilimlarni ijodiy tanqidiy ko‘rib chiqish va tahlil qilish, ulardan ilmiy faoliyatda foydalana olish, iqtisodiy masalalar yuzasidan ijtimoiy fikrni shakllantirish hamda milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari nuqtai nazarini o‘rganish borasida tahliliy ishlar olib borish, boshqaruv qarorlarining samaradorligini baholash qobiliyatlariga ega bo‘lishi lozim.
ilmiy-tadqiqot: Ilmiy dunyoqarashga doir bilimlar tizimini egallagan bo‘lishi, umumiymetodologik fanlar asosi, iqtisodiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi; xorijiy tillardan birida kasbiy faoliyatiga oid hujjatlar va ishlar mohiyatini tushunishi, ilmiy tadqiqot va pedagogika metodologiyasini bilishi va kasbiy faoliyati uchun zamonaviy ilmiy asosda kasb faoliyatida foydalana bilishi; yangi bilimlarni mustaqil egallay bilishi, o‘z ustida ishlashi va mehnat faoliyatini ilmiy asosda tashkil qila olishi; o‘z faoliyatida me’yoriy-huquqiy hujjatlardan foydalana olishi, o‘zining kasbiy faoliyatida asosli mustaqil qarorlar qabul qila bilishi; internet tarmog‘idan axborotlarni olish, saqlash, qayta ishlashning asosiy usullari va vositalariga ega bo‘lishi, axborotni boshqarish vositasi sifatida kompyuter bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi; raqamli iqtisodiyot texnologiyalaridan foydalana olish, axborotlashgan jamiyat sharoitida raqamli iqtisodiyotning mohiyati va ahamiyatini tushunish, axborot xuruji xavfi va tahdidlarini anglash, axborot xavfsizligining asosiy talablariga rioya qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi; ilmiy, amaliy tadqiqotlar olib borish, tajriba natijalarini qayta ishlash va ular asosida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish, ilmiy maqolalar tayyorlash va tahrir qilish, ilmiy seminar, konferensiya va simpoziumlarni tashkil etish, o‘tkazish, ilmiy loyihalarni ishlab chiqish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi; pedagogik faoliyatida axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanishni bilishi; ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga innovatsion yondashishni bilishi; ilmiy faoliyati natijalari bo‘yicha davlat va xorijda e’lon qilingan loyihalarda ishtirok etish uchun loyiha tayyorlash; davlat, nodavlat va notijorat tashkilotlari tomonidan e’lon qilingan loyihalarda ishtirok etish uchun loyiha tayyorlash; korporativ tuzilmalarda ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish; tarmoqlar va sohalar bo‘yicha korporativ tuzilmalarda ishlab chiqarish va mehnat resurslaridan samarali foydalanishda iqtisodiy tamoyillarni qo‘llay bilish; bajarilayotgan nazariy va amaliy ishlar mavzusi bo‘yicha matematik, informatsion va imitatsion modellarni ishlab chiqish va tatbiq etish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi; korporativ loyihalarning iqtisodiy samaradorligini baholash, tarmoqlar va sohalar bo‘yicha moliyaviy va statistik hisobotlarni tuzish hamda ularni sharhlash. Tarmoqlar va sohalarda korporativ boshqaruv tizimi rivojlanishini ta’minlash, ularga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazishni va tahliliy ishlarni bajarish; tarmoqlar va sohalar bo‘yicha korporativ tuzilmalar moliyaviy, iqtisodiy, strategik rejalarini ishlab chiqish, iqtisodiy sohada yechilayotgan ilmiy muammolarning konseptual hamda nazariy modellarini ishlab chiqish va ilmiy-tadqiqot natijalari bo‘yicha tavsiyalar va ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etishni bilish; korporativ loyihalarning iqtisodiy samaradorligini baholash; iqtisodiy vaziyatlarga tahdid soluvchi omillarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish malakasiga ega bo‘lish; korporativ boshqaruvga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarni iqtisodiy ekspertizadan o‘tkazish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
Mazkur ta’lim dasturida siz 4 semestir(2 yil) davomida jami:
120 kredit to’plashingiz zarur bo’ladi.
Jami auditoriya soati: 720 soat
Ilmiy-pedagogik ish va malaka amaliyoti: 600 soat
Ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasi: 1200 soatni tashkil etadi.
|
O’quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestirlar soni |
Yakuniy davlat attestatsiyasi |
|
Nazariy va amaliy ta’lim |
30 |
1 – 3 |
Magistrlik dissertatsiya ishini tayyorlash va himoya qilish |
|
Ilmiy-pedagogik ish va malaka amaliyoti |
10 |
1-4 |
|
|
Attestatsiya |
9 |
1 – 4 |
|
|
Ta’tillar |
25 |
1 – 4 |
|
|
Kredit ta’lim tizimiga kirish |
2 |
1,3 |
|
|
Ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasi |
24 |
1-4 |
|
|
Jami |
100 |
Qo’shimcha izoxlar:
- 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
- Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o’tkaziladi.
- Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizmom asosida amalga oshiriladi
Qo’shimcha izoxlar:
- 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
- Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o’tkaziladi.
- Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizmom asosida amalga oshiriladi
Ähnliche Studiengänge
Webster University in Tashkent
Master of Business Administration (MBA)
103 518 750 so'm
pro Jahr
American University of Technology
MBA (Master of Business Administration)
71 500 000 so'm
pro Jahr
Staatliche Agraruniversität Taschkent
Logistik
15 160 000 so'm
pro Jahr
Staatliche Agraruniversität Taschkent
Marketing
15 160 000 so'm
pro Jahr
Oriental Universität
Management
25 000 000 so'm
pro Jahr
Oriental Universität
Masterstudiengang Management (Bildungsmanagement)
25 000 000 so'm
pro Jahr