Über den Studiengang
70610103 - Axborot tizimlari (magistratura)
Tavsif:
Ushbu ta'lim dasturi – fan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli iqtisodiyot, davlat boshqaruvi, ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohalaridagi mutaxassislik bo'lib, u o'z ichiga zamonaviy axborot tizimlari, korporativ axborot tizimlari, ma'lumotlar bazalari va bilimlar bazalarini boshqarish, biznes jarayonlarini modellashtirish, tizimli tahlil va loyihalash, raqamli transformatsiya, bulutli hisoblash texnologiyalari, katta hajmdagi ma'lumotlarni (Big Data) qayta ishlash, sun'iy intellekt elementlarini axborot tizimlariga integratsiyalash, axborot xavfsizligi hamda qaror qabul qilishni qo'llab-quvvatlovchi tizimlarni yaratish va rivojlantirishning nazariy hamda amaliy asoslarini o'zlashtirishni qamrab oladi.
Shuningdek, ta'lim dasturi korxona va tashkilotlarning axborot tizimlarini tahlil qilish, loyihalash, ishlab chiqish, joriy etish, integratsiyalash, ekspluatatsiya qilish va modernizatsiya qilish, axborot resurslarini samarali boshqarish, biznes jarayonlarini avtomatlashtirish, raqamli xizmatlarning raqobatbardoshligini oshirish, axborot tizimlarining ishonchliligi, xavfsizligi va uzluksiz ishlashini ta'minlash, zamonaviy texnologiyalar asosida boshqaruv qarorlarini qabul qilishni qo'llab-quvvatlash bilan bog'liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
Yuqоrida keltirilgan kasbiy faоliyat sоhalarining
Ilmiy tadqiqot va pedagogik faoliyatida:
• Respublika va xorijda chop etilgan kompyuter texnologiyalariga oid ilmiy-texnik axborotlarning ilmiy manbalarini o‘rganish;
• soha bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishda bevosita ishtirok etish;
• mavzu (topshiriq) bo‘yicha ilmiy-texnikaviy ma’lumotlarni yig‘ish, ishlov berish, tahlil qilish va olingan ma’lumotlarni tizimlashtirishda ishtirok etish;
• mutaxassislikka mos yangi ilmiy natijalar, ilmiy adabiyotlar yoki ilmiy-tadqiqot loyihalarini tahlil qilish;
• kompyuter injiniringi sohasida dasturiy vositalarni ishlab chiqarishdagi mavjud dolzarb amaliy masalalarni yechish uchun yangi texnologiyalarni qo‘llashi;
• o‘tkazilayotgan ilmiy-tadqiqot loyihalari mavzusi bo‘yicha modellar, algoritmlar, metodlarni tadqiq qilishi va ishlab chiqish;
• na’munaviy uslubiyotlar va boshqalar bo‘yicha eksperimental tadqiqotlarni o‘tkazishi va ularning natijalariga ishlov berish;
• ilmiy hujjatlar va hisobotlarni ishlab chiqish;
• o‘tkazilayotgan tadqiqotlar mavzusi bo‘yicha ilmiy sharhlarni ishlab chiqishi, referat va bibliografiyalarni tuzish;
• ilmiy seminarlar, ilmiy jarayonlarda ishtirok etish;
• ilmiy mavzularga mos jurnallarga maqolalar tayyorlash.
Ekspluatatsiya faoliyatida:
• axborot kommunikatsiya texnologiyalari komplekslari, tizimlari va tarmoqlari hamda avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari, axborotni qayta ishlash mikroprotsessorli tizimlarining axborot va dasturiy ta’minotini loyihalash;
• bajarilayotgan tajriba va amaliy ishlar mavzusi bo‘yicha matematik, informatsion va imitatsion modellarni ishlab chiqishi va tadqiq qilish;
• namunaviy texnologik jarayonlarni ishlab chiqishi va ularni qo‘llash;
• loyihaviy va dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish.
Tashkiliy-boshqaruv faoliyatida:
• e-learning va m-learning texnologiyalari asosida korporativ o‘qitishni tashkil qilish va korporativ ma’lumotlar bazasini rivojlantirish;
• ishlab chiqarish faoliyati sifatini boshqarish jarayonlarini ishlab chiqish va tadbiq qilish;
• zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari tizimini yaratishi va ularning ekspluatatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonlari monitoringi va sifatini baholash usullari va mexanizmlarini ishlab chiqish;
• atrof-muhitni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi talablariga mos kelishi borasida ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilishda ishtirok etish.
Eksperimental - tadqiqot faoliyatida:
• kompyuter injiniringi sohasida talabalarni tayyorlash;
• turli soha mutaxasislarni o‘quv mashg'ulotlari, seminarlar yoki akademik ko'rsatmalar orqali boshqalarni zamonaviy texnologik tushunchalar, vositalar va amaliyotlar bo‘yicha o‘rgatish.
• kompyuter injiniringi sohasida raqamli texnologiyalarga asoslangan biznesni boshlash va boshqarish;
• muhandislik mahsulotlarining bozor imkoniyatlarini tahlil qilish;
• innovatsion mahsulotlar yoki xizmatlarni ishlab chiqish;
Axborot-tahliliy faoliyatida:
• Loyihalar samaradorligini baholash;
• axborot-tahlil faoliyati natijalari bo‘yicha hisobot tayyorlash;
• boshqaruv qarorlarining samaradorligini baholash.
Ishlab chiqarish - boshqaruv faoliyatida:
• qabul qilinayotgan texnik choralar va tashkiliy tadbirlar samaradorligini takomillashtirishi va oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
• davlat sirini saqlash va axborotni himoya qilish bo‘yicha ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida axborot xavfsizligini ta’minlash usullari bo‘yicha boshqa muassasalar, tashkilotlar va korxonalarning tajribasini o‘rganish va umumlashtirish;
• axborot-kommunikatsiya tarmoqlarida axborotlardan ruxsatsiz foydalanishlarni bartaraf etish, ishlab chiqarishni texnikaviy-iqtisodiy tahlil qilish va uning texnikaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini aniqlash;
• boshqarish sohasida axborot-kommunikatsiya tarmoqlarida himoya tizimini boshqara bilish;
• axborotni himoyani qilish samaradorligini sun’iy intellekt metodlaridan foydalanib oshirish, davlat va boshqa turdagi sirlarni saqlash sohasidagi boshqa muassasa, tashkilot va korxonalarning tajribasini o‘rganish va umumlashtirish bo‘yicha tasavvurga ega bo‘lishi kerak.
Muhandis-tadbirkorlik faoliyatida:
• kompyuter injiniringi sohasida raqamli texnologiyalarga asoslangan start-up loyihalarini shakllantirish, biznesni boshlash va boshqarish;
• muhandislik mahsulotlarining bozor imkoniyatlarini tahlil qilish;
• innovatsion mahsulotlar yoki xizmatlarni ishlab chiqish kabi kasbiy faоliyati turlari bilan shug’ullanadi.
Mazkur ta’lim dasturida siz 4 semestir(2 yil) davomida jami:
120 kredit to’plashingiz zarur bo’ladi.
Jami auditoriya soati: 1640 soat
Ilmiy-pedagogik ish va malaka amaliyoti: 600 soat
Ilmiy-tadqiqot ishi, magistrlik dissertasiyasini tayyorlash va himoya qilish:1200 soat
Mustaqil ta’lim: 1960 soatni tashkil etadi
|
O’quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestirlar soni |
Yakuniy davlat attestatsiyasi |
|
Nazariy va amaliy ta’lim |
50 |
1 – 4 |
Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish yoki ixtisoslik fanlaridan Davlat attestasiyasi |
|
Malakaviy amaliyot |
10 |
4 |
|
|
Attestatsiya |
12 |
1 – 4 |
|
|
Yakuniy davlat attestatsiyalari |
4 |
4 |
|
|
Ta’tillar |
22 |
1 – 4 |
|
|
Kredit ta’lim tizimiga kirish |
2 |
1,3 |
|
|
Jami |
100 |
Qo’shimcha izoxlar:
- 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
- Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o’tkaziladi.
- Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizmom asosida amalga oshiriladi
Ähnliche Studiengänge
Dschizzach-Zweigstelle der Kasaner Föderalen Universität
Informationssysteme und Informationstechnologien
21 607 000 so'm
pro Jahr
Nationale Universität Usbekistans, benannt nach Mirzo Ulugbek
Künstliche Intelligenz
20 212 915 so'm
pro Jahr
Nationale Universität Usbekistans, benannt nach Mirzo Ulugbek
Axborot xavfsizligi
20 212 915 so'm
pro Jahr
Internationale Universität „Tashkent International University of Education“
Datawetenschap
20 000 000 so'm
pro Jahr
Staatliche Technische Universität Namangan
Computersysteme und ihre Software
13 000 000 so'm
pro Jahr
Staatliche Technische Universität Namangan
Informationssysteme
13 000 000 so'm
pro Jahr