Staatliche Technische Universität Namangan
Informationssysteme und Technologien
Über den Studiengang
60610100 – Axborot tizimlari va texnologiyalari
(bakalavriat ta’lim yo‘nalishi)
Tavsif:
Dastur fan, texnika, ta’lim, davlat boshqaruvi, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida axborot tizimlari hamda raqamli texnologiyalarni yaratish, joriy etish va ulardan foydalanishga yo‘naltirilgan. Dastur axborot tizimlariga qo‘yiladigan talablarni tahlil qilish, tizim arxitekturasini loyihalash, dasturiy va apparat yechimlarini ishlab chiqish, ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash va qayta ishlash, tizimlarni testlash, texnik xizmat ko‘rsatish, axborot xavfsizligini ta’minlash hamda loyihalarni boshqarish bilan bog‘liq kompleks masalalarni qamrab oladi. Bitiruvchiga “Axborot texnologiyalari muhandisi” kvalifikatsiyasi beriladi.
Kasbiy faoliyat obyektlari: oliy, qayta tayyorlash, malaka oshirish va professional ta’lim muassasalari; ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlari; davlat va nodavlat tashkilotlari; Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimidagi korxonalar; vazirlik va idoralarning kompyuter hamda axborot texnologiyalari markazlari; axborotni himoyalash bilan bog‘liq idora va tashkilotlar, shuningdek turli tarmoq korxonalari.
Mazkur yo‘nalish bitiruvchilari quyidagi kasbiy faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi mumkin:
ilmiy-tadqiqot va pedagogik faoliyat: kompyuter texnologiyalari va axborot tizimlariga oid ilmiy-texnik axborotni o‘rganish; amaliy tadqiqotlar, tajribalar, modellar va algoritmlarni ishlab chiqish; natijalarni tahlil qilish hamda ilmiy asoslangan xulosalar tayyorlash; ta’lim muassasalarida mutaxassislik fanlarini zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asosida o‘qitish;
tashkiliy-boshqaruv faoliyati: axborotni yig‘ish, saqlash va qayta ishlash jarayonlarini tashkil etish; loyiha jamoasi ishini rejalashtirish, vazifalarni taqsimlash va natijalarni baholash; innovatsion yechimlarni amaliyotga joriy etish; mehnat, texnika va axborot xavfsizligi talablariga rioya etilishini ta’minlash;
loyihaviy-konstruktorlik faoliyati: talablarni tahlil qilish va loyihani rejalashtirish; tizim arxitekturasini loyihalash; axborot tizimini ishlab chiqish, testlash va tekshirish; texnik xizmat ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlash; loyihani boshqarish va hujjatlashtirish; xalqaro va kasbiy standartlar, zamonaviy instrumental hamda hisoblash vositalaridan foydalanish;
axborot-tahliliy faoliyat: loyihalar samaradorligini baholash; axborot-tahlil faoliyati natijalari bo‘yicha hisobotlar tayyorlash; boshqaruv qarorlarining samaradorligini tahlil qilish va asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish;
ishlab chiqarish faoliyati: korxona va tashkilotlar uchun axborot tizimlarini loyihalash va amaliyotga tatbiq etish; axborot tizimlari ishlashi uchun zarur resurslarni rejalashtirish; telekommunikatsiya, ma’lumotlarni uzatish, saqlash va qayta ishlash tizimlarini tashkil etish; tizimlarni ekspluatatsiya qilish, rivojlantirish hamda ulardan samarali foydalanishni ta’minlash.
Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestr(4 yil) davomida jami:
240 kredit to’plashingiz zarur bo’ladi.
Jami auditoriya soati: 3150 soat
Malkaviy amaliyot: 900 soat
Davlat attestatsiyasi: 120 soatni tashkil etadi.
|
O’quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestirlar soni |
Yakuniy davlat attestatsiyasi |
|
Nazariy va amaliy ta’lim |
105 |
1 – 8 |
Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish yoki ixtisoslik fanlaridan Davlat attestasiyasi |
|
Malakaviy amaliyot |
15 |
8 |
|
|
Attestatsiya |
21 |
1 – 8 |
|
|
Yakuniy davlat attestatsiyalari |
6 |
8 |
|
|
Ta’tillar |
49 |
1 – 8 |
|
|
Kredit ta’lim tizimiga kirish |
5 |
1,2,3,5,7 |
|
|
GPA ko’rsatgichini hisoblash |
3 |
2, 4, 6 |
|
|
Jami |
204 |
Qo’shimcha izoxlar:
- 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
- Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o’tkaziladi.
- Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizmom asosida amalga oshiriladi
Ähnliche Studiengänge
Staatliche Technische Universität Namangan
Automatisierung technologischer Prozesse und Produktion
13 000 000 so'm
pro Jahr
Staatliche Technische Universität Namangan
Technologische Maschinen und Geräte.
13 000 000 so'm
pro Jahr
Staatliche Technische Universität Namangan
Informationssysteme und -technologien (nach Branchen und Bereichen)
13 000 000 so'm
pro Jahr
Staatliche Technische Universität Namangan
Informationssicherheit
13 000 000 so'm
pro Jahr
STAATLICHES TECHNISCHES INSTITUT ALMALYK
Informationssysteme und -technologien (nach Branchen und Bereichen)
9 500 000 so'm
pro Jahr
Toshkent shahridagi “Sankt-Peterburg davlat universiteti” Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi Filiali
Programmierung und Informationstechnologien
—