Staatliche Technische Universität Namangan
Angewandte Mathematik und Informatik
Über den Studiengang
Buxgalteriya hisobi (Tarmoqlar va sohalar bo’yicha) magistratura mutaxassisligi bo’yicha
Tavsif:
Namangan davlat texnika universiteti “Buxgalteriya hisobi” kafedrasining asosiy maqsadi - “Buxgalteriya hisobi” (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) magistratura mutaxassisligi bo’yicha talabalarga buxgalteriya hisobi, moliyaviy tahlil va audit yo‘nalishlari bo‘yicha chuqur, tizimli va amaliy bilim berish orqali ularning kasbiy tafakkurini kengaytirish, analitik fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda ularni malakali, mas’uliyatli va raqobatbardosh mutaxassislar sifatida shakllantirishdir.
Kafedra faoliyatining bosh maqsadi - talabalarda milliy va xalqaro buxgalteriya standartlariga asoslangan hisob yuritish madaniyatini, halollik, aniqlik va kasbiy etika tamoyillariga sodiqlikni shakllantirishdir. Shuningdek, kafedra O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, soliq va moliya siyosati mohiyatini talabalarga chuqur tushuntirish, ularning moliyaviy savodxonligini oshirish hamda bozor iqtisodiyoti sharoitida mustaqil tahlil va qaror qabul qila oladigan buxgalter va auditorlarni tayyorlashni o‘zining ustuvor yo‘nalishi deb biladi
Faoliyatni ishlab chiqarish bilan bog’lash: bugungi kunda magistrantlarga barcha fanlardan namunaviy dasturlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular asosida ishchi fan dasturlari muntazam takomillashtirilib boriladi. Bitiruvchilari iqtisodiyotni turli sektorrlarida, xususan auditorlik tashkilotlarida, ishlab chiqarish korxonalarida, tijorat banklari, moliya bo’limlari, sug’urta tashkilotlari va iqtisodiyotning turli sohalarida, bundan tashqari oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida pedagogik faoliyat olib borishlari mumkin.
loyiha-tahliliy: iqtisodiyotni turli sektorrlarida, xususan auditorlik tashkilotlarida, ishlab chiqarish korxonalarida, tijorat banklari, moliya bo’limlari, sug’urta tashkilotlari va iqtisodiyotning turli sohalarida mavjud muammolarni aniqlash va ularga tizimli yechimlar ishlab chiqish;
ilmiy-tadqiqot: Kafedra professor-o‘qituvchilari buxgalteriya hisobi, moliya, audit va iqtisodiy tahlil yo‘nalishlarida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish bilan bir qatorda, o‘quv jarayonida nazariy bilimlarni amaliyot bilan uzviy bog‘lashga alohida e’tibor qaratmoqdalar. Buxgalteriya fanlaridan o‘quv yuklamalarini to‘liq va sifatli bajarish uchun har bir o‘qituvchi o‘z ustida muntazam ishlaydi, ilmiy yangiliklar, xalqaro standartlar va ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida malakasini oshirib boradi. Shu bois kafedra tasarrufidagi barcha fanlar bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmualar zamonaviy ilmiy talablarga muvofiq muntazam yangilanadi. Kafedra ilmiy-tadqiqot ishlarining ustuvor yo‘nalishi sifatida “Kichik biznes subyektlarida buxgalteriya hisobi va byudjetlashtirishni takomillashtirishning ilmiy asoslari”,“Moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish yo‘nalishlari” va “Xo’jalik yurituvchi subyektlarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish masalalari” mavzulari doirasida izlanishlar olib borilmoqda. O’z navbatida talabalar ishlab chiqarish bilan uzviy holda ta’limni olib boorish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Buxgalteriya hisobi kafedrasi ilmiy-tadqiqot va o‘quv-uslubiy ishlar yo‘nalishida mamlakatimizdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Jumladan, kafedra “Mirzo Ulug‘bek” nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Namangan davlat universiteti, TITU Namangan filiali, shuningdek, Malayziyaning Malayya universiteti, Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universiteti, M. Satpayev nomidagi Qozog‘iston texnika universiteti, Belarus milliy texnika universiteti va Manas nomidagi Qirg’iz-Turk universiteti bilan ilmiy va uslubiy hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.
Magistratura dasturida siz 4 semestir(2 yil) davomida jami:
120 kredit to’plashingiz zarur bo’ladi.
Jami auditoriya soati: 1800 soat
Ilmiy pedagogik va malkaviy amaliyot: 600 soat
Ilmiy tadqiqot ishi va magsitrlik dissertatsiyasi: 1200 soatni tashkil etadi.
|
O’quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestirlar soni |
Yakuniy davlat attestatsiyasi |
|
Nazariy va amaliy ta’lim |
52 |
1,2,3 |
Magsitrlik dissertatsiya ishini himoya qilish |
|
Ilmiy pedagogik va malkaviy amaliyot |
20 |
1,2,3,4 |
|
|
Attestatsiya |
10 |
1 – 4 |
|
|
Yakuniy davlat attestatsiyalari |
5 |
4 |
|
|
Ta’tillar |
25 |
1 – 4 |
|
|
Kredit ta’lim tizimiga kirish |
5 |
1,3 |
|
|
GPA ko’rsatgichini hisoblash |
3 |
2, 4 |
|
|
Jami |
120 |
Qo’shimcha izoxlar:
- 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
- Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o’tkaziladi.
- Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizmom asosida amalga oshiriladi
Ähnliche Studiengänge
Samarkand Institute of Economics and Service
Marketing
17 999 999 so'm
pro Jahr
Staatliche Universität Kokand
Wirtschaftswissenschaften
—
Sharof Rashidov Staatliche Universität Samarkand
Personal management
14 718 000 so'm
pro Jahr
Sharof Rashidov Staatliche Universität Samarkand
Personal management
14 718 000 so'm
pro Jahr
Dschizzach-Zweigstelle der Kasaner Föderalen Universität
Wirtschaftswissenschaften
25 420 000 so'm
pro Jahr
Taschkenter Staatliche Transportuniversität
Rechnungswesen (nach Branchen und Sektoren)
—